14:19 / 30.07.2022
1 608

Ter dog‘laridan soch qazg‘og‘igacha: oddiy aspirin bartaraf etishi mumkin bo‘lgan 5 ta muammo

Ter dog‘laridan soch qazg‘og‘igacha: oddiy aspirin bartaraf etishi mumkin bo‘lgan 5 ta muammo
Foto: «Noviy ochag»
Aspirin nafaqat isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi tibbiy vosita, balki uy sharoitida ham ajoyib yordamchidir. Ushbu vosita hal qiladigan bir nechta kundalik muammolar mavjud, deb yozadi «Noviy ochag».

Ko‘ylakdagi ter dog‘lari

Kiyimlarning qo‘ltiq ostidagi qismi ter dog‘lari tufayli qorayganmi? Yechimi bor. Buning uchun ikki yoki uchta aspirin tabletkasi maydalanib, yarim stakan iliq suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma kerakli joyga qo‘llanadi va ikki-uch soatga qoldiriladi. Aspirin tarkibidagi salitsil kislotasi matolarni oqartirishga va dog‘larni ketkazishga yordam beradi.

Sochga porloqlikni qaytaradi

Sovuq suv, hovuzdagi xlor, quyosh nuri — bularning barchasi sochlarni porlashdan mahrum qiladi. Ularni yanada chiroyli va porloq bo‘lishi uchun bir stakan iliq suvda olti-sakkizta aspirin tabletkasi suyultiriladi, olingan eritma sochlarga yaxshilab surtiladi, 10-15 daqiqaga qoldiriladi va keyin iliq suv bilan yuviladi. Aytgancha, jarayonni yanada qulayroq qilish uchun olingan eritmani odatdagi shampunga qo‘shish mumkin.

Husnbuzarlarni quritadi

Aspirinning asosiy faol moddasi bo‘lgan salitsil kislotasi yallig‘lanish va shishni kamaytirishga yordam beradi. Buning uchun bitta aspirin maydalanib, iliq suv bilan aralashtirilib, pasta hosil qilinadi. Paxta bilan husnbuzarga qo‘llanadi, quriguncha kutib, iliq suv va yumshoq tozalash vositasi bilan yuviladi.

Qadoqni yumshatadi

Oyoqdagi qurigan qadoqlarni yumshatish uchun besh yoki olti dona tabletka maydalanadi, yarim choy qoshiq suv va limon sharbati qo‘shiladi. Aralashma kerakli joylarga qo‘llanadi, oyoqlarni issiq sochiq bilan o‘rab, polietilen paket bilan o‘raladi. 10 daqiqaga qoldirilgandan so‘ng yumshab qolgan qadoqni tozalab tashlash mumkin.

Qazg‘oqdan xalos qiladi

Ikkita aspirin tabletkasi kukun holatiga keltirilib, shampunga qo‘shiladi. Qo‘llangan aralashma sochlarda ikki-uch daqiqaga qoldiriladi, keyin iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi va sochlar oddiy shampun bilan yuviladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ter dog‘laridan soch qazg‘og‘igacha: oddiy aspirin bartaraf etishi mumkin bo‘lgan 5 ta muammo