10:44 / 10.10.2022
1 190

Yaxshi kayfiyat uchun vitaminlar: stressga qarshi qanday kurashish kerak?

Yaxshi kayfiyat uchun vitaminlar: stressga qarshi qanday kurashish kerak?
Foto: Marie Claire
Stress vaqtida nima qabul qilish kerak? Organizmga zarar bermaslik uchun qaysi vitaminlar tavsiya etiladi? Marie Claire nashri quyida ushbu savollarga javob berdi.

Hissiy va kayfiyat bilan bog‘liq muammolarning sababi turli omillarga bog‘liq. Organizmning biokimyosi odamlarga turli xil his-tuyg‘ularni beradi va unga ham turli omillar ta’sir qiladi: insonning fikrlari, uning turmush tarzi, ovqatlanishi, surunkali kasalliklar, mineral va vitamin yetishmasligi. Shuning uchun organizmdagi o‘zgarishlarning hech birini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur.

Yaxshi uyqu tetiklikning asosidir

Albatta, uyqu sifatini kuzatish kerak, chunki u normal holatning asosidir. Kechki soat 23:00 dan oldin yotishga harakat qilish va kamida sakkiz soat uxlash lozim. Agar uxlashda muammolar paydo bo‘lsa, organizmning melatonin ishlab chiqarishiga yordam beradigan tabiiy efir moylari, giyoh, choylardan foydalanish mumkin. Misol uchun, yalpiz, limon balzam va moychechakli choydan ichish, lavanda va efir moylarini suyultirib, teriga surtish ham foydalidir.

Yaxshi kayfiyat bilan ta’minlovchi vitaminlar

Temir — o‘zingizni charchagan va befarq his qilasizmi? Gemoglobin va ferritin uchun tekshiruvlardan o‘tish tavsiya etiladi. Ko‘pincha charchoq va yomon kayfiyatning sababi organizmdagi ushbu elementlarning kamayishi hisobiga yuzaga keladi.

D vitamini — sayyoramizdagi aksariyat odamlar ushbu vitamin yetishmasligi bilan yashaydi, ayniqsa dunyoning butun yil davomida quyosh nur sochmaydigan qismida. Ammo buni ishonch bilan «yaxshi kayfiyat vitamini» deb atash mumkin, u charchoq va holsizlikni yengishga yordam beradi. Tekshiruvlardan o‘tib, organizm uchun D vitaminining qancha miqdorda kerakligini bilish va shifokor ko‘rsatmasi bilan uni qabul qilish mumkin.

Magniy — aqliy va asab tizimining salomatligi uchun yana bir juda muhim elementdir. Shuning uchun ham dengiz tuzi hamda magniyli vannalar tavsiya etiladi, chunki magniy teri orqali bioqo‘shimchaga qaraganda yaxshiroq so‘riladi. Retsept oddiy — haftasiga 2-3 marta hammomga 1-2 stakan magniy qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, stressga qarshi efir moyidan ham foydalanish tavsiya etiladi.

B guruhi vitaminlari neyronlarning salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. B3 vitamini markaziy asab tizimiga yordam beradi, B7 vitamini qonda glyukoza darajasini tartibga soladi.

Kun davomida balansni saqlash

Vaziyatni muvozanatlash, shoshmaslik va stressli vaziyatdan tezda chiqib ketish juda muhimdir. Inson kun davomida atrofidagi voqealarga faol munosabatda bo‘ladi va hissiy zo‘riqishni boshdan kechiradi. Ammo quyidagi tavsiyalar o‘zingizni qo‘lga olishga yordam beradi.
  • Tongni meditatsiya bilan boshlash mukammal variantdir. Bu orqali butun kun uchun to‘g‘ri energiya vektorini o‘rnatish mumkin.
  • Ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin suv ichish va to‘liq nonushta qilish. Qahva ichish mumkin, faqat nonushtadan keyin. Kortizolning darhol chiqib ketishini oldini olish juda muhimdir. Qahva esa aynan ushbu vazifani bajaradi.
  • Stressni boshqarish uchun vitamin va bioqo‘shimchalarni olish lozim: masalan, konsentratsiyani yaxshilash uchun Omega-3, stressni kamaytirish uchun giyohlar.
  • Kun davomida stressga qarshi efir moylarini hidlash mumkin: lavanda, tutatqi, kopabu va barcha sitrus moylari.

Mutaxassis maslahati

Stress sabablarining ortida biologik holat borligini tushunish muhimdir. Bunga charchoq, surunkali kasalliklar va vitamin yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun vitamin yetishmasligi, gormonal muammolar va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar kabi surunkali kasalliklarda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Yaxshi kayfiyat uchun faqat vitaminlarga tayanmaslik kerak — stressga qarshi kurash keng qamrovda olib borilishi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yaxshi kayfiyat uchun vitaminlar: stressga qarshi qanday kurashish kerak?