Foto: People Talk
«Yana besh daqiqadan keyin uyg‘onaman» — bu jumla ko‘pchilikka tanish bo‘lishi shubhasiz. Ular uchun ertalab uyg‘onish mashaqqatli ish sanaladi. People Talk nashri buning 5 ta jiddiy sababi bilan tanishtirdi.
Ortiqcha ovqatlanish
Kechki ovqatga hazmi og‘ir taom va spirtli ichimliklar iste’mol qilish uyqu sifatiga yomon ta’sir qiladi. Bu esa ko‘pincha ertalab uyg‘onishning muammoga aylanishiga sabab bo‘ladi. Kechki ovqatlar tufayli organizm tunda dam olish va tiklanish o‘rniga ishlashga va ovqat hazm qilishga majbur bo‘ladi.
Kech uxlash
Uyquning sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri vaqtga ham bog‘liq va uxlash uchun eng maqbul soatlar 21:00 dan 00:00 gacha. Qanchalik kech uyquga yotilsa, ertalab organizm shunchalik charchaydi.
Haddan tashqari ko‘p zo‘riqish
Ko‘pchilik sezmaydigan klassik sabab. Aqliy zo‘riqish, shuningdek, stress uyqu sifatini yomonlashtiradi, buning oldini olish uchun mutaxassislar tashvishga sabab bo‘ladigan fikrlardan chalg‘itishni, nafas olish mashqlarini bajarishni, giyohli choyi ichishni va xonaning havoni almashtirishni tavsiya qiladi.
Uyqu gigiyenasiga rioya qilmaslik
Uyqu gigiyenasiga rioya qilish natijasida tunda uxlash qulay, ertalab esa uyg‘onish oson bo‘ladi. Agar yarim tungacha serial tomosha qilish yoki shirinliklar bilan qahva ichib, telefonda vaqt o‘tkazishdan keyin ertalab vaqtida uyg‘ona olmaslikka hayron bo‘lmaslik kerak.
Bezovta oyoq sindromi
Oyoqlarning haddan tashqari faolligi uyqu sifatining yomonlashishiga olib keladi. Shish, uyqusizlik va tomir tortishishi qulayroq pozitsiyani izlashga majbur qiladi va shu sababli uyqudan behosdan cho‘chib uyg‘onish kuzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi