Foto: «Lisa.ru»
Olimlar kayfiyatni ko‘taradigan va salomatlikni yaxshilaydigan bir nechta eng oddiy odatlarning ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi «Lisa.ru».
Tez-tez tabassum qiling
Tabassum qiladigan odamlar yoshroq ko‘rinadi, kamroq kasal bo‘ladi, o‘zlarini yaxshi his qiladi, tushkun kayfiyatdan shikoyat qilmaydi va hayotda muvaffaqiyatli bo‘ladi, chunki ularning atrofidagi odamlar ma’yus kishilarga qaraganda ijobiy fikrlaydigan insonlarga yordam berishga tayyor. Inson tabassum qilganida, yuz mushaklarining nerv uchlari asab tizimiga hamma narsa yaxshi ekani haqida signal yuboradi va u endorfinlar — organizmni yoshartiruvchi va davolovchi baxt gormonlarini ishlab chiqara boshlaydi.
Banan iste’mol qiling
Shuningdek, olma, sabzi va boshqa meva va sabzavotlar qatorida bananni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ovqatlar orasida kuniga kamida uch marta o‘simlikka asoslangan gazaklarni iste’mol qilish lozim. Ushbu ratsion bilan vaznni nazorat qilish va qondagi xolesterin hamda glyukoza miqdorini bir xil darajada ushlab turish osonroq bo‘ladi. Bu esa gipertoniya, ateroskleroz va qandli diabetga duchor bo‘lish xavfini kamaytiradi. Aynan shu kasalliklar salomatlikni yomonlashtiradi, erta qarishga va hayotning qisqarishiga olib keladi. Agar sog‘lom bo‘lishni istasangiz, banan va mevalar ko‘proq o‘rin olgan ratsioniga o‘tish lozim. Shuni ham yodda tutish kerakki, har qanday organizm jismoniy faoliyatga muhtoj. Kuniga 4-7 ming qadam tashlash maqsadga muvofiqdir.
Kechikishga odatlanmang
Ish, muhim uchrashuv, poliklinika, bolalar bog‘chasi, teatr yoki vokzalga kechikkanda duch keladigan kundalik stress, olimlarning fikriga ko‘ra, kamida umrni uch yilga qisqartiradi. Uchrashuvga belgilangan vaqtda emas, balki 5-10 daqiqa oldin kelishga harakat qilish lozim. Ba’zida shu 10 daqiqalik farq juda ham muhim. Mobil telefonga ovozli signallar o‘rnatish tavsiya etiladi: telefon kechikmaslik kerakligini eslatib tursin. Vaqt o‘tishi bilan bunday signallarga bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan yo‘qoladi, chunki aniqlik odat tusiga aylanadi.
Qo‘llarni yuvishni unutmang
Bu shunchalik aniqki, u haqda gapirishga hojat yo‘qdek tuyiladi. Inson bolaligidan qo‘l yuvish odatini rivojlantiradi. Ammo bu barcha holatlarga tegishlimi? Ehtimol, uyda ovqat yeyishdan oldin qo‘l yuvishni unutmaslik mumkin, lekin kafe, ish yoki yo‘lda (poyezd, samolyot) gazak iste’mol qilsganda, ko‘pchilik gigiyena qoidalariga e’tibor bermaydi. Bundan tashqari, ko‘pchilik ushbu jarayonni rasmiy ravishda bajaradi: kaftlarga sovun surtdiladi, qo‘llar jo‘mrak ostiga qo‘yiladi va hammasi tamom. Aslida esa sovun surtilgan qo‘llar har tomondan 20 soniya davomida yaxshilab ko‘piklanishi, ko‘pik yana 40 soniya davomida iliq suv oqimida yuvilishi kerak.
Jismoniy mashqlar va gimnastika bilan shug‘ullaning
Ikkisini chalkashtirib yubormaslik lozim. Jismoniy mashqlar — bu organizmning tezroq uyg‘onishi va ish ritmiga kirishi uchun ertalab amalga oshiriladigan kichik mashqlar to‘plami. Bunday kompleksning davomiyligi 5-7 daqiqa. Jismoniy mashqlardan so‘ng charchoq emas, aksincha quvnoq kayfiyat bo‘lishi lozim. Ammo gimnastika butunlay boshqa masala. Bu jiddiy fitnes mashg‘ulotidir va undan keyin dam olish kerak. Mashqlarning tabiati va ketma-ketligini tez-tez o‘zgartirmaslik juda muhim, shunda ular mushaklar xotirasiga joylashadi va odat tusiga kiradi.
Salom bering va tashakkur ayting
Liftdagi qo‘shnilarga, do‘kondagi sotuvchilarga, metro kassirlariga, bir so‘z bilan aytganda, kun davomida duch kelgan barchaga salom bering. Va har bir kichik narsa uchun ham rahmat deyishni unutmang. Xushmuomalalik formulalari katta hissiy salohiyatga ega: ular qanchalik tez-tez takrorlansa, boshqalardan shunchalik ijobiy energiya olinadi. «Kuningiz xayrli o‘tsin!» deyish odat tusiga aylansa, boshqalar va o‘zingiz uchun ham faqatgina foydali bo‘ladi, xolos. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi