10:19 / 13.11.2022
1 209

Terining yosh ko‘rinishini saqlab qolish uchun ratsiondan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot

Terining yosh ko‘rinishini saqlab qolish uchun ratsiondan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot
Foto: «Yandeks.ru»
Teri muammolari ko‘pincha noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli yuzaga keladi va hatto yoshlikda ham paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri oziq-ovqatlarni iste’mol qilish qarish jarayonini ham faollashtiradi va bu terida o‘z natijasini ko‘rsatadi.

Shakar
Bu nafaqat siz ichishni istamaydigan shakarli choy, balki boshqa mahsulotlar tarkibida ham me’yorida bo‘lishi kerak. Birinchidan, shakar turli xil shirinliklar, shuningdek, qo‘shimchalar bilan boyitilgan yogurtlar va tvoroglar, sanoat konservalari, souslar, fabrikada tayyorlangan kashalar, tayyor nonushta (myusli, suli yormasi) va ichimliklar tarkibida mavjud. Ko‘pincha shakar glyukoza siropi yoki makkajo‘xori siropi ta’rifi ostida yashiringan. Shakar sog‘lom terining asosiy dushmani. U yog‘ bezlarini faollashtiradi, yallig‘lanish va husnbuzarlar paydo bo‘lishiga yordam beradi, shu bilan birga qarish jarayonini qo‘zg‘atadi.

Foto: «Yandeks.ru»

Alkogol mahsulotlari
Alkogol mahsulotlari ham shakarni o‘z ichiga oladi va buning xavfli ekanini unutmaslik kerak. Ikkinchidan, alkogol kapillyarlarga salbiy ta’sir qiladi va rozatsea (terining qizarishi va tomirlarning kengayishi) kasalligining paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Foto: Grazia

Fastfud va go‘shtli yarim tayyor mahsulotlar
Bu mahsulotlarning barchasida ortiqcha miqdorda shakar va tuz, shuningdek, butun tanaga zarar yetkazuvchi sun’iy konservantlar, bo‘yoqlar mavjud. Fastfud va go‘shtli yarim tayyor mahsulotlarni iste’mol qilish gormonal fonda salbiy o‘zgarishlar va insulin ishlab chiqarishning oshishiga xizmat qiladi. Bu esa terida o‘zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Foto: Grazia

Sut mahsulotlari
Sut oqsili tarkibidagi laktoglobulin tufayli insulin ishlab chiqarish oshadi, bu yog‘ bezlariga ta’sir qiladi. Yog‘ bezlarining sekretsiyasi kuchayadi, bu yallig‘lanishning rivojlanishiga yordam beradi. Ko‘plab insonlar yoshi o‘tishi bilan laktoza intoleransi miqdorini oshiradi, chunki organizmda uni parchalaydigan ferment miqdori kamayadi. Bu nima uchun «o‘smirlik»da chiqadigan husnbuzarlar va ajinlar bu yoshda chiqadi degan savolga javob bo‘la oladi.

Foto: «Yandeks.ru»

Glyuten
Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidan glyutenni olib tashlash so‘nggi yillardagi urfga aylandi. U yoki bu mahsulotdan ko‘rsatmalarsiz voz kechib bo‘lmaydi, biroq glyutenni ehtiyotkorlik bilan ishlatsa bo‘ladi. Yuzdagi toshmalarning sababi glyuten intoleransi bo‘lishi mumkin. Agar yillar davomida toshmalar bilan kurasha olmasangiz, kamida bir oy davomida tarkibida glyuten bo‘lgan ovqatlardan voz kechishga harakat qiling va tananing reaksiyasini kuzating.

Foto: Grazia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Terining yosh ko‘rinishini saqlab qolish uchun ratsiondan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot