22:18 / 17.11.2022
1 188

Xarid qilish chog‘ida aksariyat ayollar yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato

Xarid qilish chog‘ida aksariyat ayollar yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato
Foto: Pinterest
Har bir ayol yomon kayfiyatda do‘konga bormaslik kerakligini yaxshi biladi, chunki garderobdagi keraksiz narsalar soni sezilarli darajada oshishi mumkin. Bu onlayn xaridlarga ham tegishli, deb yozadi «Noviy ochag».

Juda ko‘p do‘kon aylanish

Haqiqatan ham zamonaviy ayollar kombinatsiya uchun bir nechta brendlar orasidan kiyimlar xarid qiladi. Bu zerikarli bo‘lib tuyilishi mumkin, lekin birgina dizayner yoki brendning buyumlari ham bir-biriga juda mos tushadi. Agar buni o‘zingiz eslatmasangiz, ularni turi brendga tegishli ekanini hech kim bilmaydi.

Noo‘rin narsalarga sarmoya kiritish

Ming kishidan faqat bittasi ikkita bir xil qora shimni ajrata oladi. Sifatli garderobning asosi katta xarajatlarni talab qilmaydi. Shuning uchun biron bir narsaga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lsangiz, bu borada sumkalar yaxshi tanlov.

Ommaviy bozorga shubha bilan qarash

Ishlab chiqarish uchun ajoyib xususiyatga ega bo‘lgan ommaviy bozor brendlari mavjud. Shuning uchun ommaviy bozor assortimentini iloji boricha diqqat bilan o‘rganish lozim. Mukammal ko‘rinishning siri oddiy: zamonaviy, qulay hamda sifatli kiyimlar tanlovi.

Naqshli va rang-barang kiyimlar xarid qilish

Har kim o‘ziga qaysi rang ko‘proq mos kelishini biladi, masalan, yo‘l-yo‘l libosda ajoyib tarzda ko‘rinadi, lekin gulli libos obrazga putur yetkazishi mumkin. Garderobni sun’iy ravishda boyitishga urinmang — faqat o‘zingizga mos keladigan narsalar sotib oling. O‘ta ko‘p naqshli va yarashmagan rangdagi liboslar shunchaki garderobda joy egallaydi.

Mos kelmaydigan, ammo zamonaviy kiyimlar xarid qilish

Urfga kirgan yangi modeldagi liboslar hammaga ham birdek yarashavermaydi. Ular boshqalarda chiroyli ko‘rinishi mumkin, lekin sizning qomatingiz uchun mos emas. Bu yangi narsalarni sinab ko‘rmaslik kerak degani emas, lekin unutmangki, moda va tendensiyalar xaridlarni boshqarmasligi kerak.

Faqat qimmat liboslarni xarid qilib, qomat uchun moslash

Zamonaviy hamda qimmatbaho liboslarni xarid qilish chog‘ida yana bir ko‘p uchraydigan xato bor. Bu ham bo‘lsa, uning o‘lchami bilan bog‘liq. Libos juda ham yoqib qolgani uchun xarid qilinadi va so‘ngra tikuvchiga murojaat qilib, undan o‘zgartirib berish iltimos qilinadi. Natijada moddiy tomondan ko‘proq pul sarflanadi. Libos ham bir qancha o‘zgarishlar evaziga avvalgi ko‘rinishini yo‘qotadi.

Poyabzalga ko‘p pul sarflash, sumkalarga esa kam

Aslida hamma narsa teskari bo‘lishi kerak: biz poyabzalda yuramiz, sumkalar esa kamdan-kam hollarda eskiradi, bu ularning umrini sezilarli darajada oshiradi. Poyabzallar tez-tez xarid qilingani uchun ham har doim yaxshi sumka tanlash tavsiya etiladi.

Arzon taqinchoqlarni ko‘p sotib olish

Bugungi kunda yuqori sifatli zargarlik buyumlari brendini topish qiyin emas. Eskirgan, xunuk va ochiqchasiga arzon zargarlik buyumlari har qanday zamonaviy obrazni o‘ldirishi mumkin.

Belbog‘lar faqat kiyimni ushlab turish uchun kerakmi?

Belbog‘lar faqat garderobning yordamchi elementi emas, ularga ko‘proq zargarlik buyumlari kabi munosabatda bo‘lish kerak. Shuning uchun arzon belbog‘larni sotib olishdan bosh tortish va yuqori sifatlilarga ustunlik berish yaxshiroq. Ha, ular arzon emas, lekin pul sarflashga arziydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xarid qilish chog‘ida aksariyat ayollar yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato