14:33 / 20.11.2022
1 058

Poyi yo‘qolgan paypoqdan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

Poyi yo‘qolgan paypoqdan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
Foto: «Yandeks.ru»
Ko‘plab insonlar kundalik hayot tarzida kiyimlarini topa olmaslik, zargarlik buyumlarini yoki paypoqlardan birini yo‘qotib qo‘yish holatlariga uchrab turadi. Odatda, bundan keyin jufti yo‘qolib qolgan buyum axlatga tashlab yuboriladi. Sababi jufti yo‘qolgan narsadan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi, deb hisoblanadi.

Biroq hattoki jufti yo‘qolgan paypoqdan ham uy ishlarida foydalanish mumkin. Masalan, bir jufti yo‘qolgan paypoqdan tozalash ishlarida yoki uy hayvonlari uchun o‘yinchoq yasash maqsadida foydalansa bo‘ladi.

Paypoqdan tozalash ishlarida foydalanish mumkin

Paypoq qo‘lingizga kiyib olishingiz mumkin bo‘lgan qulay lattaga aylanadi. Bu orqali tozalash qiyin bo‘lgan joylarni — turli xil uyalar, pardalar, yopiq o‘simliklarning barglarini artib olishingiz mumkin. Umuman olganda, shu tarzda turli sirtlardagi changni oson artib olsangiz bo‘ladi.

Paypoq polni shikastlanishdan himoya qiladi

Ko‘pincha mebelda, ayniqsa, uyingizda yog‘och pol bo‘lsa unda izlar paydo bo‘lmasligi uchun paypoqdan foydalansa bo‘ladi. Yog‘och polda iz qolmasligi uchun stul, stol yoki kresloning oyoqlariga paypoq kiydirish va mahkamlash kifoya. Bunday holatda mebel polda sirpanishdan to‘xtamasa ham unga zarar yetkazmaydi.

Uy hayvonlari uchun o‘yinchoq yasash mumkin

Paypoqning ichiga yumshoq mato yoki boshqa narsa solib mahkam tikish kerak. Uni o‘yinchoq shakliga keltirib mushugingiz yoki itingizga berishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Poyi yo‘qolgan paypoqdan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?