09:53 / 26.11.2022
1 157

Shifokor quyultirilgan sutning foydali xususiyatlarini aytdi

Shifokor quyultirilgan sutning foydali xususiyatlarini aytdi
Parhezshunos Aleksandra Razarenovaning aytishicha, ko‘pchilikning sevimli shirinligi bo‘lgan quyultirilgan sut - “sgushyonka” agar me’yorda iste’mol qilinsa, salomatlik uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Quyultirilgan sut ishlab chiqarishda- 60 gradusdan ko‘p va uzoq vaqtga qaynatiladi. Bu unda foydali moddalar konsentratsiyasini oshiradi. Masalan, unda kalsiy ko‘p. Yoki, aytaylik, yog‘lar va A, Ye, D vitaminlari tufayli quyultirilgan sut yaxshi hazm bo‘ladi. Undagi fosfor va yog‘li kislotalar miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deydi shifokor.

Qolaversa, uning tarkibida aminokislotalar bor va bu “baxt gormoni” - serotonin moddasini ishlab chiqarishda kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, mutaxassis quyultirilgan sut xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligini aytdi.
Albatta, tarkibiga. Bu, shubhasiz, tabiiy sut va shakardan tayyorlangan mahsulot bo‘lishi kerak. Unda quruq sut yoki sut yog‘lari o‘rnini bosuvchi moddalar bo‘lmasligi lozim”, - deya tavsiya qiladi mutaxassis.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha vazn, qandli diabet, laktoza hazm qila olmaslik holatlarida quyultirilgan sutni iste’mol qilmagan ma’qul.

Quyultirilgan sutni asosiy ovqatdan 20-40 daqiqa o‘tgandan so‘ng desert sifatida iste’mol qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor quyultirilgan sutning foydali xususiyatlarini aytdi