Dalvlarga qaysi burj vakillari mos keladi?

[b]Ayol. [/b]Haddan tashqari mag‘rur. Xiyonatkor erkaklar yaxshisi undan uzoqroq yurgani ma’qul. Ko‘pchiligi sirli va chiroyli. Did bilan kiyinadi. Kelajakni oldindan ko‘ra biladi.
[b]Erkak.[/b] Muhabbat bilan ko‘p ham chiqishavermaydi. U xiyonat qilmaydi. U bilan vaqtingiz qiziqarli o‘tadi. O‘nta xotin bilan g‘iybatlashib ham shunchalik miriqmaysiz.
[b]DALV - QO‘Y: [/b]Bu ikkalasi bir biri bilan zekirmaydi, lekin birontasi ham undan uctunlik qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Munosabatlarda kuchli Qo‘y ustun bo‘ladi. Chiroyli munosabatlar uchun va kelajakda oila qurish uchun imkoniyat bor.
[b]DALV - BUZOQ:[/b] Unchalik to‘g‘ri kelmaydi bir biriga. Dalvning ko‘p qiliqlari Buzoqqa yoqmaydi, Dalvga esa Buzoqning ziqnaligi yoqmaydi. Ko‘p tortishuvlar bo‘ladi. Dunyoqarashi juda farq qiladi. Shuning uchun munosabatlari og‘ir bo‘ladi. Oila qurish ham yaxshi chiqmaydi.
[b]DALV - EGIZAKLAR:[/b] Bu ikkalasi bir birining davomidek. Egizaklarga Dalvning faoliyati yoqadi. Dalvga Egizaklarning xarakteri yoqadi. Bir birini juda yaxshi tushunadi. Bular birgalikda ishlashi mumkin. Munosabatlari chiroyli, yaxshi oila chiqadi.
[b]DALV - QISQIChBAQA:[/b] Vaqt o‘tgani sari Dalvga Qisqichbaqaning xarakteri yoqmay boshlaydi. Qisqichbaqa esa bundan xafa bo‘lib, o‘zini keraksiz deb his qiladi. Munosabatlarda qiyinchiliklar ko‘p. Agar oila qurishsa muammo ko‘p bo‘ladi.
[b]DALV - ARSLON:[/b] Dalvning qiliqlari va doimiy tahlil qilishlari Arslonning jig‘iga tegadi. Arslon Dalv yonida o‘zini noqulay va ishonchsiz his qiladi. Bular o‘rtasida qisqa munosabat bo‘lishi mumkin, ammo ko‘ngildagidek oila chiqmaydi.
[b]DALV - SUNBULA:[/b] Bu ikkalasining dunyoqarashi va barcha narsalarga munosabati o‘zgacha bo‘lgani uchun, bir birini doimo xato tushunib, bir birini doimo ayblaydi. Munosabatlari uzoqqa bormaydi va oila qurish juda qiyin bo‘ladi.
[b]DALV - TAROZI: [/b]Bu ikkalasi bir biriga juda mos. Xarakterlari juda o‘xshaydi. Bir xil darajada jamoat ishlarini va sarguzashtlarni yoqtiradi. Do‘stlari ko‘p. O‘rtalarida chiroyli muhabbat hamda do‘stlik o‘yg‘onadi, shuningdek yaxshi oila qurishlari mumkin.
[b]DALV - ChAYoN: [/b]Dalvning doimiy kayfiyati o‘zgarishlari Chayonning jig‘iga tegadi. Chayon Dalvdan ustun bo‘lmoqchi bo‘ladi, ammo Dalv erkinlikni xush ko‘rgani uchun Chayonga ko‘p quloq solmaydi. Dalv juda ham xushchaqchaq va kirishimli, Chayon esa aksincha. Har birining yo‘li boshqa-boshqa. Bular birga bo‘la olmaydi.
[b]DALV - QAVS: [/b]Muvozanatni ushlab tura oladigan Dalv munosabatlarni saqlab qolishi mumkin. Ikkalasiga ham sarguzashtlar yoqadi. Bir birini rashk qilmaydi va bir biriga ishonadi. Biri ikkinchisidan ustun bo‘lishga harakat qilmaydi. Yaxshi munosabatlar o‘rnatishlari va mustahkam oila qurishlari mumkin.
[b]DALV - TOG‘ EChKISI:[/b] Boshlangan romantik munosabatlari asta-sekin do‘stlikka aylanadi. Dalvni ko‘proq romantika o‘ziga tortadi. Tog‘ echkisi esa ko‘proq jiddiy va o‘z ishiga berilgan. Munosabatlari yaxshi boshlanadi, ammo yaxshi oila bo‘lishi uchun ko‘p harakat qilishlari kerak bo‘ladi.
[b]DALV - DALV: [/b]Ajoyib juftlik. Sevgi-muhabbatda va boshqa masalalar bo‘yicha bir biriga juda mos keladi. Ammo bir birini kuchli seva olmaydi, chunki bir birini ichki dunyosini juda ham yaxshi biladi. Juftlikdan tashqari ikkalasining ham qiziqishlari va do‘stlari ko‘p. Lekin baribir yaxshi munosabatlar bo‘lishi mumkin. Bu ikkalasi oila qurishsa bo‘ladi.
[b]DALV - BALIQ:[/b] Bularning sevgisi asta-sekin melodramaga aylanadi. Baliqlar Dalvga tobe bo‘ladi va doimo Dalvdan sevishini isbotlab berishini talab qiladi. Bundan Dalv o‘zini qopqonga tushgandek sezadi. Ikkalasining maqsadlari boshqa-boshqa. Boshida munosabatlari yaxshidek tuyuladi, ammo hech qaerga olib kelmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing