11:11 / 27.11.2022
1 621

Baxt gormoni: serotonin nima va u qaysi mahsulotlarda ko‘p uchraydi?

Baxt gormoni: serotonin nima va u qaysi mahsulotlarda ko‘p uchraydi?
Serotonin - nerv tizimining neyromediatorlaridan biri va organizmda ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi.
U bir tomondan “gormon”, yana boshqa tomondan neyromediator (nerv tizimida ishlab chiqariladigan va nerv hujayralari orasida axborot almashinuvida ishtirok etadigan organik to‘qima) deb ataladi.

Qanday vazifa bajaradi?
Serotonin mo‘tadillashtiruvchi xususiyatga ega. Ko‘p ishlab chiqarilganda, u stressni kamaytiradi. Markaziy nerv tizimida ishlab chiqariladigan serotonin xulq-atvorga (kayfiyat, qabul qilish, xotira va stressga munosabat bildirish) ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tana harorati, uyquga ham ijobiy ta’sir qiladi. Qolaversa, modda qon ketishini to‘xtatadi va yaralarning tezroq bitishiga yordam beradi.

Serotonin, masalan, ovqatdan zaharlanishda himoya reaksiyalariga yordam beradi. Ichaklarga zaharli moddalar tushganda serotonin sintezi ko‘payadi va diareya kuzatiladi. Bu zaharli moddalarni organizmdan tezroq chiqarib tashlashga hissa qo‘shadi.

Nega serotonin “baxt gormoni” deb ataladi?
Bosh miyada mediator sifatida serotonin turli salbiy signallarni to‘xtatib turadi, natijada odamda o‘ziga ishonch ortadi, diqqatni bir joyga jamlay oladi, salbiy hissiyotlarni jiddiy qabul qilmaydi. Serotonin organizmda yetarli bo‘lganda, kayfiyat barqaror va ijobiy bo‘ladi. Agar aksincha bo‘lsa, ushbu moddaning yetishmovchiligi tushkun kayfiyatga olib keladi.

Modda qayerda paydo bo‘ladi?
Ichak inson organizmidagi eng katta endokrin organ hisoblanadi. Aynan ichakda 95% serotonin ishlab chiqariladi.

Markaziy nerv tizimida serotonin bosh miya neyronlari orqali ishlab chiqariladi.

Tushkunlik, uyqu sifatining buzilishi, (surunkali uyquga to‘ymaslik), gormonal buzilish, jismoniy faoliyatning kamayishi, surunkali miya ishemiyasi, triptofan yetishmovchiligi, yorug‘lik tanqisligi serotonin ishlab chiqarilishini sekinlashtiradi.

Qaysi mahsulotlarda ko‘p uchraydi?
- olma;
- arpa;
- lavlagi;
- dukkakli o‘simliklar;
- sitrus mevalar;
- qo‘ziqorin;
- piyoz;
- sarimsoq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxt gormoni: serotonin nima va u qaysi mahsulotlarda ko‘p uchraydi?