Foto: Pinterest
Buyuk Britaniyaning oziq-ovqat texnologiyasi olimi va maslahatchisi Natali Alibrandi odamlar shokolad iste’mol qilganda yo‘l qo‘yadigan xatolarni ma’lum qildi, deb yozadi The Voice Mag.
Mutaxassis shunchaki odamlarning shirinlikka qanday munosabatda bo‘lishini taxmin qilibgina qolmadi: avvalroq ikki ming kishi orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular o‘zlarining «chocolate eating habits» — shokolad iste’mol qilish odatlari haqida gapirib berdi. Natijalarga ko‘ra, mutaxassis asosiy 5 ta xatoni aniqladi.
Shokoladni muzlatgichda saqlash
Shokolad uchun optimal harorat 18 daraja. Boshqa sharoitlarda, bu mahsulot o‘z ta’mini o‘zgartirishi, juda tez erishi, parchalanishi, oksidlanishi yoki javonlardagi boshqa mahsulotlar hidini o‘ziga singdirishi mumkin. Shokolad yomonlashgan yoki yo‘qligini bilish uchun bo‘laklarga ajratayotganda uning singan ovozi eshitilishi kerak.
Kechqurun shokolad iste’mol qilish
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, shokolad iste’mol qilish uchun eng yaxshi vaqt — kunduzgi soat 11:00, chunki u kofein va shakarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun asosiy ovqatdan oldin uni iste’mol qilish mumkin. «Agar tushlikkacha qattiq ishlashni istasangiz, shokolad ajoyib gazak bo‘ladi», — deydi Alibrandi.
Ko‘p shokolad iste’mol qilish
So‘rovnoma natijasida ma’lum bo‘lishicha, har ikkinchi respondent butun shokoladni tugatmaguncha uni yeyishdan to‘xtamaydi. Natalining so‘zlariga ko‘ra, bu katta xato. Maksimal qism to‘rt grammdan olti bo‘lakdir, shundan keyin retseptorlar shokoladning ta’mini his qilmaydi.
Shokoladni juda tez iste’mol qilish
Har to‘rtinchi respondent hech qachon ta’mni his qilish uchun kutmasligini va navbatdagi bo‘laklarni iste’mol qilishda davom etishini aytib o‘tdi. Alibrandi buning ham xatoligini, aslida shokolad bo‘laklari orasida 15 daqiqalik tanaffus qilishni tavsiya qiladi.
Shokoladni chaynash
Respondentlarning 74 foizi shokoladni chaynab, iste’mol qilishini ma’lum qilgan. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, shokoladni chaynash ham noto‘g‘ri. Natali barcha ta’mlarni his qilish uchun bo‘laklarni og‘izda eritib yuborishni maslahat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi