Foto: Pinterest
Tishlarni qordek oq, mustahkam va sog‘lom saqlash uchun ularni kuniga ikki marta yuvish kerak — bu hammaga bolaligidan ma’lum. Lekin hamma ham ularni to‘g‘ri tozalaydimi? «Novy ochag» nashri tishlarni tozalashda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni sanab o‘tdi.
Tishlarni yetarlicha uzoq cho‘tkalamaslik
Tavsiya etilgan cho‘tkalash vaqti ikki daqiqa, ammo deyarli hech kim bunga amal qilmaydi. Bundan tashqari, UCLA stomatologiya maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, hatto tishlarini yetarlicha cho‘tkalayman, deb o‘ylagan odamlar ham 30 soniyadan ko‘proq vaqt sarflaydi. Bu juda zerikarli va ko‘p hollarda unga sarflagan vaqtni to‘g‘ri baholab bo‘lmaydi. Shuning uchun taymerni o‘rnatish yoki hech bo‘lmaganda bir yuz yigirmagacha sanash kerak.
Tishlarni juda qattiq ishqalash
Cho‘tkalash paytida tishlarga juda ko‘p bosim o‘tkazayotganingizni tekshiring. Tish cho‘tkasiga juda ko‘p bosim berish ularni mukammal tozalashga yordam bermaydi. Ammo bu bilan tish emali va milkni osongina shikastlash mumkin.
Cho‘tkani noto‘g‘ri ushlash
Tish cho‘tkasini to‘g‘ri ushlash ularning sog‘lig‘iga ham ta’sir qiladi. Optimal burilish 45 graduslik burchak ostida bo‘lishi kerak. Shuning uchun bolalarga ham cho‘tkani qanday qilib to‘g‘ri ushlashni o‘rgatish lozim.
Qattiq tukli cho‘tkadan foydalanish
Yumshoq tukli tish cho‘tkalari faqat bolalar uchun deb o‘ylaysizmi? Stomatologlar bunday fikrda emas. Qattiq va hatto o‘rtacha qattiqlikdagi tish cho‘tkalari, qoida tariqasida, milkning yumshoq to‘qimalariga zarar yetkazishi mumkin, shuningdek, tishlardagi oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlolmaydi. Keyingi safar tish cho‘tkasini almashtirganda, yumshog‘ini tanlash tavsiya etiladi.
Juda katta cho‘tkasini tanlash
Hajmi ham muhim va ko‘p hollarda u kichikroq bo‘lgani yaxshiroq. Juda katta tish cho‘tkasi ichkaridagi tishlarga yetib bormaydi. Shuning uchun kichik cho‘tkadan foydalanish tavsiya etiladi.
Tish cho‘tkasini kamdan kam almashtirish
Stomatologlar tish cho‘tkasini yiliga to‘rt marta almashtirishni tavsiya qiladi. Nam muhit bakterial o‘sishni rag‘batlantiradi va vaqt o‘tishi bilan cho‘tka og‘iz bo‘shlig‘idan xavfli mikroorganizmlarni tozalashga yordam bermaydi, aksincha, ularni ko‘paytiradi.
Tish ipidan foydalanmaslik
Sizningcha, tishlar orasiga yopishib qolgan oziq-ovqat bo‘laklarini olib tashlash uchun ipdan foydalanish kerakmi? Stomatologlar boshqacha o‘ylaydi va tishlar orasiga to‘plangan qoldiqlarni tozalash uchun har safar tish ipidan foydalanishni tavsiya qiladi.
Kechqurun tishlarni yuvmaslik
Ko‘pchilik ertalab tishlarini yuvadi, lekin muntazam ravishda kechqurun buni unutadi va shu bilan barcha harakatlar deyarli bekor bo‘ladi. Kuni bilan to‘plangan bakteriyalar tish va milkka zarar yetkazishi mumkin va ertalab tozalash esa muammoni bartaraf etishga yordam bermaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi