Shakardan voz kechish qiyin, biroq uning miqdorini cheklash organizm uchun juda foydali.
Birinchi kunda: ovqat hazm qilish va ichak faoliyati yaxshilanadi. Asab tizimi barqarorlashadi.
Bir haftada: terining holati tiniqlashadi, uyqu bilan bog‘liq muammolar asta-sekin ortda qoladi. Qonda qand miqdori me’yorlashib, metabolizm yaxshilanadi. Xotiraning jamlash xususiyati kuchayadi. Agar shu vaqt ichida tana shakar talab qilsa, turli mevalar, asal iste’mol qilish mumkin.
Bir oyda: shakardan voz kechilgandan bir oy o‘tib, tana ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Shakarga tobelik sezilarli darajada kamayadi. Organizmda gormonlar miqdori barqarorlashib, immunitet yaxshilanadi. Tanada yallig‘lanish kamayadi, husnbuzarlar yo‘qoladi. Yuqori qon bosimi me’yorga tushadi.
Bir yilda: qandli diabet, Alsgeymer kasalligi, semirish, yurak yetishmovchiligi, xotira va nutq buzilishi hamda o‘lim xavfi sezilarli darajada kamayadi. Inson o‘rganib qolish hissidan butkul xalos bo‘lib, tarkibida shakar bo‘lgan har qanday yeguliklar o‘z-o‘zidan rad etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi