16:00 / 19.12.2022
2 400

Organizmni energiyadan mahrum etadigan 7 ta mahsulot

Organizmni energiyadan mahrum etadigan 7 ta mahsulot
Foto: Marie Claire
Energiya darajasi ko‘p jihatdan inson har kuni nima iste’mol qilayotganiga bog‘liq. Agar tez-tez holsizlik, stress va charchoq kuzatilsa, ratsionni qayta ko‘rib chiqish lozim. Parhezshunos va terapevt Irina Zabavina quvvatni saqlash uchun qanday mahsulotlardan voz kechish kerakligini ma’lum qildi, deb yozadi Marie Claire.

Qahva
Hammaning hayratda qolishi aniq. Biroq bu tetiklantiruvchi ichimlikni ichgandan so‘ng energiya faqat qisqa vaqt ichida paydo bo‘ladi, shundan so‘ng orqaga qaytish kuzatiladi: charchoq va uyquchanlik. Darhaqiqat, kofein baquvvat va hushyor bo‘lishga yordam beradi, kortizol va adrenalinni sintez qiluvchi buyrak usti bezlari ishiga ta’sir qiladi. Organizmda keskin energiya ko‘tarilishi mavjud, ammo keyin u holsizlik va dam olish istagi bilan almashtiriladi.

Qanchalik tez va ko‘p qahva ichilsa, organizm dam olish va faollikni tiklashi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, natijada energiya o‘zgaradi. Shuningdek, qahva suvsizlantiruvchi ta’sirga ega va organizmdagi suv balansining buzilishi salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Iloji bo‘lsa, qahvani ko‘k, mevali choy bilan almashtirish kerak. Bu butun kun davomida organizmga energiya beradi.

Qovurilgan taomlar
Ish kunidan so‘ng kechki ovqat — mazali qovurilgan tovuq va qarsildoq kartoshka, keyin esa divanda yotish istagi. Bunday ovqatni hazm qilish uchun juda ko‘p energiya kerak bo‘ladi: u organizmni oziqlantirmaydi, balki uni ko‘proq ishlatadi. Kartoshkada kraxmal ko‘p bo‘lib, u ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi va qondagi qand miqdorini keskin oshiradi.

Murakkab kraxmalni oddiy shakarga aylantirish uchun organizmga ko‘p energiya kerak bo‘ladi, bu esa muhimroq narsalarga sarflanishi mumkin. Qovurilgan ovqatlar, kartoshka fri, burgerlar kabi yog‘ga boy mahsulotlar organizmni energiyadan mahrum qiladi va charchoqni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ratsionga qizarib pishgan ovqatlardan ko‘ra ko‘proq mavsumiy sabzavotlar, minimal qayta ishlangan mahsulotlarni qo‘shish tavsiya etiladi.

Yog‘li qizil go‘sht
Har qanday yog‘li go‘shtni hazm qilish, masalan, parranda yoki baliqdan ko‘ra ko‘proq energiya talab qiladi. Bundan tashqari, qizil go‘shtlarda sokinlik va uyquchanlikni keltirib chiqaradigan aminokislota triptofan mavjud. Salomatlik uchun haftada 1-2 marta go‘sht iste’mol qilish kifoya.

Shirinliklar
Shirinliklarning barcha turi miyani bir chashka qahva kabi aldaydi — birinchi navbatda, tetiklik, keyin energiya tanqisligi paydo bo‘ladi. Qondagi glyukozaning darajasi tezda ko‘tariladi, bunga javoban oshqozon osti bezi qonda shakarni kamaytirish uchun faol ravishda insulin ishlab chiqarishni boshlaydi. Glyukoza miqdori avvalgi darajaga qaytganda, organizmda charchoq, uyquchanlik va yana ochlikni hissi kuzatiladi. Glyukoza miqdorini doimiy ravishda ushlab turishning bir usuli — bu organizmga shakarni asta-sekin saqlashga imkon beradigan shakarli mahsulotlarni almashtirishdir.

Oq non
Oq non shakarga boy mahsulotlar kabi qayta ishlangan uglevodlardan iborat bo‘lib, insulin darajasini oshiradi. Insulin qondagi glyukoza darajasini pasaytiradi va organizmda yog‘ to‘planishiga olib keladi. Nonushta uchun donli non iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Gazli suv
Hech kimga sir emaski, gazli suvlarda hech qanday foydali narsa yo‘q, ammo shakar, konservantlar va sun’iy ta’m beruvchilar juda ko‘p. Vaziyat yuqoridagidek, shakarni ortiqcha iste’mol qilish ko‘proq insulin ishlab chiqarishga majbur qiladi. Glyukoza darajasi keskin pasayadi va u bilan birga energiya darajasi kamayadi va ochlik hissi qaytadi. Gazli suvni yalpiz, zanjabil yoki sitrus mevali kompot, yangi siqilgan sharbatlar yoki mevali ichimliklar bilan almashtirish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmni energiyadan mahrum etadigan 7 ta mahsulot