Foto: Wday
Aksariyat insonlar sochlarning betartib ko‘rinishi va boshqa sabablar yuzasidan qish faslida bosh kiyim kiyishni yoqtirmaydi. Ammo bu shunchaki e’tiborsiz qoldiriladgan holat emas. Wday nashri sovuq mavsumda qalpoq kiymaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.
Aslida bosh kiyimi faqat himoya emas, u ko‘p funksiyalarni bajaradi
Bosh suyagi sohasidagi teri osti yog‘ qatlami juda nozik bo‘lib, bu uning tezda sovqotishiga olib keladi. Shu sababli asab tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan termoregulyatsiya tizimi qiyin ishlaydi. Bosh terisida trixodiniya (bosh terisidagi og‘riq) kuzatiladi. Bundan tashqari, u seboreya yoki dermatitni kuchaytirishi mumkin. Hatto bu nervlarining yallig‘lanishiga olib keladi.
Past haroratlarda tomir torayishi paydo bo‘ladi. Soch follikulasi qon bilan faol ta’minlangan juda nozik organ bo‘lganligi sababli sochlar yetarli miqdorda ozuqa ololmaydi. Bu, o‘z navbatida, soch o‘sishi fazasining davomiyligining qisqarishiga olib kelishi mumkin va keyin soch to‘kilishi va siyraklashishi kuzatiladi.
Boshning gipotermiyasi butun immunitet tizimining holatiga ta’sir qilishi mumkin. Immunitetning zaiflashishi surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib keladi, dori-darmonlar terapiyasi sochlarga salbiy ta’sir qiladi.
Qishda yoki sovuqdan issiqqa o‘tish paytida namlikning o‘zgarishi bosh terisini qurishiga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, qazg‘oq paydo bo‘lishiga, bosh terisining qurishi va ko‘chishiga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi tufayli sochlar quruq, mo‘rt va siyrak holatga kelib qoladi.
Qishda sochlarning holatini yaxshi saqlab qolish uchun nima qilish kerak?
- bosh kiyim haqida unutmaslk lozim: tabiiy matolardan tikilgan qalpoqlarga ustunlik berish yaxshidir;
- xonadagi namlik darajasini kuzatib borish lozim, suyuqlik rejimiga rioya qilish tavsiya etiladi;
- sochni parvarish qilish uchun oziqlantiruvchi, namlovchi shampunlar va niqoblar qo‘llash lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi