22:30 / 02.01.2023
1 226

Alohida iste’mol qilgandan ko‘ra birgalikda ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotlar

Alohida iste’mol qilgandan ko‘ra birgalikda ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotlar
Ba’zi mahsulotlarni foydaning haqiqiy koni deb atash mumkin — ular salomatlik va go‘zallikni samarali himoya qiladi. Ammo yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, agar ushbu mahsulotlarning ba’zilarini juft-juft qilib iste’mol qilinsa, yanada ko‘proq samaraga erishish mumkin, deb yozadi «Noviy ochag».

Olma va malina — saraton xavfini kamaytiradi

Foto: «Noviy ochag»
Olma tarkibida saraton hujayralarini yo‘q qiladigan foydali antioksidant kvarsetin mavjud. Ammo uning to‘liq quvvat bilan ishlashi uchun unga maxsus antioksidant ellagik kislota kerak va bu malinada, shuningdek, anor, klyukva va yong‘oqda juda ko‘p. Shuning uchun har kuni olma anor, yong‘oq yoki klyukva bilan iste’mol qilinsa, organizm yomon hujayralardan himoya qilinadi.

Brokkoli va soba lapshasi — yurakni himoya qiladi

Foto: «Noviy ochag»
Arteriya devorlarini yopib qo‘yadigan, yurak va qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradigan tromblar yomon xolesterin zarralarining oksidlanishi natijasidir. Ular bilan kurashish uchun organizmga maxsus antioksidantlar — soba lapshalarida bo‘ladigan rutin kerak. Ammo bu antioksidantlar yanada samarali ishlashi uchun, masalan, C vitaminiga boy bo‘lgan brokkoli kerak. Tushlik uchun brokkoli va tovuq filesi bilan soba lapshasini iste’mol qilib, yurakka g‘amxo‘rlik qilish mumkin.

Ko‘k piyoz va no‘xat — energiya darajasini oshiradi

Foto: «Noviy ochag»
Temir moddasi hujayralarga kislorod yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan mikroelementdir. Agar temir oz bo‘lsa, charchoq va bosh aylanishi kuzatiladi. Buning uchun vitamin va qo‘shimchalar olish yoki ko‘proq dukkakli o‘simliklarni iste’mol qilish mumkin. Albatta, ularga piyoz yoki sarimsoq qo‘shishni unutmaslik lozim. Chunki oltingugurtga boy bo‘lgan sabzavotlar temir va ruxning yaxshiroq so‘rilishiga yordam beradi.

Tofu va chili qalampiri - yallig‘lanishni kamaytiradi

Foto: «Noviy ochag»
Organizmda shakllanadigan yallig‘lanish jarayonlari yurak va qon tomirlarining sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi, jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ular uzoq vaqt davomida yashirin shaklda davom etishi mumkin. Soya mahsulotlarida (masalan, tofu) mavjud bo‘lgan genistein birikmasi yallig‘lanishni kamaytirishi va hatto jarayonni butunlay to‘xtatishi mumkin. Lekin yaxshi ta’sir qilishi uchun chili qalampiri yoki xalapenoda ko‘p bo‘lgan antioksidant kapsaitsin kerak. Haftada bir marta qalampir qo‘shilgan tofu bilan yallig‘lanishning oldini olish mumkin.

Ko‘k choy va limon sharbati yurak sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: «Noviy ochag»
Ko‘k choyda ko‘p bo‘lgan antioksidant katexinlar yurak va qon tomirlari kasalliklariga qarshi kuchli quroldir. Yaponiyada 40 000 dan ortiq kattalar ishtirok etgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga atigi bir stakan ko‘k choy ichish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ammo katexinlar organizm tomonidan yaxshiroq so‘rilishi va ovqat hazm qilish tizimida yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun limon sharbati kerak. Shunday qilib, bir bo‘lak limon bilan bir chashka ko‘k choy yurak xastaliklariga qarshi kundalik himoyadir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Alohida iste’mol qilgandan ko‘ra birgalikda ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotlar