15:05 / 05.01.2023
1 000

O‘zingizni yaxshi his qilish uchun bugundan amal qilishingiz kerak bo‘lgan tavsiyalar

O‘zingizni yaxshi his qilish uchun bugundan amal qilishingiz kerak bo‘lgan tavsiyalar
Foto: Pinterest
Agar mashhur kitob va jurnallardagi barcha foydali maslahatlarga amal qilinsa, butun kun yetmasligi mumkin. Kundalik mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, ulkan karera maqsadlari, bir nechta sevimli mashg‘ulotlar, yaqinlar bilan mazmunli vaqt o‘tkazish va hokazo. Bularning barchasini birdaniga bajarish mumkin emas. Ammo ertangi kunni ko‘ngildagidek o‘tishi uchun aynan bugun amalga oshirish mumkin bo‘lgan foydali odatlar mavjud.

Piyoda yurish uchun har qanday imkoniyatdan foydalaning

Majburiy 10 000 qadamni maqsad qilish shart emas, iloji boricha tez-tez yurish kerak. Masalan, avtobusdan bir bekat oldinroq tushish mumkin. Albatta, bunga vaqtingiz bo‘lsa. Agar buning aksi bo‘lsa, transportdan butunlay voz kechish ham yaxshi fikr. Iloji bo‘lsa, liftdan foydalanmang.

Bir vaqtning o‘zida yotish va uyg‘onish

Amerika uyqu assotsiatsiyasi uyqu jadvaliga rioya qilishni tavsiya qiladi. Organizm asta-sekin uxlab qolishga va bir vaqtning o‘zida uyg‘onishga odatlanib qoladi. Barcha tizimlar moslashadi, kerakli gormonlar o‘z vaqtida ishlab chiqariladi. Natijada odam yaxshi dam oladi va o‘zini quvnoq va baquvvat his qiladi.

Ehtiyotkorlik bilan ovqatlaning

Ovqatlanayotganda televizor tomosha qilmaslik, balki jarayonga e’tibor berishga harakat qilish lozim. Kechki ovqat vaqti kelganda emas, och qolganda ovqatlanish kerak. To‘qlik tuyg‘usini kuzatib borish shart. Organizmning signallarini eshitishni o‘rganish uchun oziq-ovqat kundaligini yo‘lga qo‘yish mumkin. Buning uchun ovqatdan oldin ochlik darajasi va keyin to‘qlik hissi baholanadi. Asta-sekin ovqatga ongli munosabat bo‘lish odat tusiga kiradi.

Turli rangdagi sabzavot va mevalarni iste’mol qiling

Parhezshunoslar menyuga turli rangdagi sabzavot va mevalarni kiritishni tavsiya qiladi. Antioksidant likopen ularni qizil qiladi. Meva va sabzavotlar beta-karotin tufayli to‘q sariq rangga aylanadi. Yashil oziq-ovqatlarda foliy kislotasi va B vitaminlari mavjud, binafsha rangli ovqatlar esa antosiyaninlarni o‘z ichiga oladi. Xarid qilayotganda savatda har xil rangdagi meva va sabzavotlar bo‘lishi lozim. Shunda organizm zarur vitaminlar va minerallar bilan ta’minlanadi.

Kunning ikkinchi yarmida shakar iste’mol qilmang

Shirinliklardan butunlay voz kechish qiyin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun faqat 14:00 dan keyin ularni iste’mol qilmaslikka harakat qilish lozim. Ushbu usul shakarni umumiy iste’mol qilishni kamaytiradi va asta-sekin har bir taomni shirinlik bilan tugatish odatidan voz kechishga yordam beradi.

Agar topshiriq besh daqiqadan kam vaqt talab qilsa, uni darhol bajaring

Kitobni javonga qo‘yish yoki gullarni sug‘orish ko‘p vaqt talab qilmaydi. Ularni vaqtida bajarish tavsiya etiladi. Aks holda, kichik narsalar to‘planadi va ularni bajarish haqiqatan ham qiyin vazifaga aylanadi.

Daromad va xarajatlarni hisobga olish

Budjetlashtirish pulni ongli ravishda sarflashga yordam beradi. Asta-sekin mayda xarajatlar kamayadi va mablag‘ oqilona taqsimlanadi. Xarajatlarni hisobga olish uchun maxsus dasturni yuklab olishni tavsiya etiladi. Telefonda bu odatni joriy qilish unchalik qiyin bo‘lmasligi mumkin.

Daromadning 10 foizini tejang

Moliyaviy tejamkorlik qiyin vaziyatda sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Uni har qanday daromad darajasida yaratish mumkin. Eng oson yo‘li — pulni olish bilanoq uning bir qismini tejash. Ish haqini olish kunida alohida hisob ochish va avtomatik to‘ldirishni o‘rnatish juda ham qulay.

Miyani mashq qiling

Miya hayot davomida yangi neyron aloqalarni rivojlantiradi va shakllantiradi. Samarali fikrlash uchun uni doimiy ishlatish kerak. Shuning uchun miyani o‘ylashga va yangi narsalarni o‘rganishga majburlash foydalidir: murakkab kitoblarni o‘qish, mantiqiy jumboqlarni yechish, chet tilida teledasturlarni tomosha qilish, musiqa asboblarini o‘zlashtirish va muvofiqlashtirishni talab qiladigan sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt sarflang

Vaqtni behuda sarflashni to‘xtatish uchun turli usullardan foydalanish mumkin. Buning uchun telefonga kunlik foydalanish vaqti belgilanadi. Yotishdan ikki soat oldin gadjetlar o‘chiriladi. Vaqti-vaqti bilan telefonsiz dam olish kunlari tashkil qilinadi. Albatta ,o‘qish, yaqinlar bilan muloqot qilish va sevimli mashg‘ulot uchun vaqt yanada ko‘proq bo‘ladi.

Suhbatdoshni diqqat bilan tinglang

Samimiy va qiziqish bilan tinglash qobiliyati shaxsiy hayotda ham, karerada ham foydali. Ushbu mahoratni har qanday qulay vaziyatda mashq qilish tavsiya etiladi. Diqqat suhbatga qaratiladi, aniqlovchi savollar bering va eshitganlaringizni o‘z so‘zlaringiz bilan qisqacha aytib bering.

Haftada bir kunni faqat yaqinlar bilan muloqot va o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlang

To‘liq bir kun dam olishga harakat qilish lozim. Ish mas’uliyatidan tanaffus qilish talab etiladi. Uy yumushlari bajarilmaydi. Bu vaqtni yoqtirgan tarzda va yaqin odamlar bilan o‘tkazish kerak. O‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun vaqti-vaqti bilan sifatli dam olishni tashkillashtiring.

Yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘ting

Buning uchun qulay vaqt tanlanadi. Tekshiruv rejasi yoshga va mavjud surunkali kasalliklarga bog‘liq. Shuning uchun dastlabki tashrifni umumiy amaliyot shifokoridan boshlash yaxshiroq. Tibbiy tekshiruv ham davlat, ham xususiy klinikalarda amalga oshirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizni yaxshi his qilish uchun bugundan amal qilishingiz kerak bo‘lgan tavsiyalar