17:47 / 12.01.2023
309

Ismaloq, kartoshka va temirga boy boshqa mahsulotlar

Ismaloq, kartoshka va temirga boy boshqa mahsulotlar
Foto: Marie Claire
Temir inson organizmidagi eng muhim mikroelementlardan biri bo‘lib, gemoglobin sintezi uchun zarur, kislorodni organ va to‘qimalarga yetkazib berish uchun javobgardir. Temir teri, soch va tirnoq holatini yaxshilaydi. Ayollar uchun ushbu elementning kunlik normasi 18 mg ni tashkil qiladi. Marie Claire nashri temir va boshqa foydali minerallarga boy oziq-ovqatlar ro‘yxati bilan bo‘lishdi.

Oq loviya

Foto: Marie Claire
Oq loviyaning 100 grammlik porsiyasi kletchatka uchun bo‘lgan kunlik ehtiyojni ta’minlaydi, u 6 mg temir va 1100 mg kaliyni o‘z ichiga oladi, ularning yetishmasligi charchoqqa olib keladi. Oq loviya ham oqsil, kalsiy, B vitaminlari va antioksidantlarga boy. Ular kartoshkani eslatuvchi nozik ta’mga ega. Konservalangan shaklda ta’mi yo‘qoladi, shuning uchun quruq loviya ishlatish tavsiya etiladi.

Mol jigari

Foto: Marie Claire
100 gramm mol jigarida taxminan 7 mg temir mavjud. Tarkibi bo‘yicha B vitaminlari chempioni, shuningdek, A va D vitaminlarining ajoyib manbai. Eng muhimi, uning kaloriyasi past. Pishirishdan oldin jigarni sutda bir necha soat davomida ivitish tavsiya etiladi, bu uni yumshoq bo‘lib pishishiga yordam beradi.

Yasmiq

Foto: Marie Claire
100 gramm yasmiqda temir deyarli 12 mgni tashkil qiladi. Shuningdek, u yurak va asab tizimining to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan boshqa mikroelementlarga, jumladan magniyga ham boy. Yasmiq inson organizmida yaxshi kayfiyat uchun mas’ul bo‘lgan serotoninga aylanadigan aminokislota triptofan manbai hisoblanadi. Oq loviya singari yasmiqda yuqori miqdorda kletchatkalar mavjud.

Pomidor sharbati

Foto: Marie Claire
Boshqa mahsulotlar bilan taqqoslaganda, pomidor sharbatida temir miqdori past. Ammo u boshqa mikroelementlarning ajoyib manbai: organizmning metabolizmi uchun zarur bo‘lgan xrom, molibden va kobalt. Bir stakan pomidor sharbati organik kislotalarga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 50 foizini o‘z ichiga oladi.

Ismaloq

Foto: Marie Claire
Temir miqdori bo‘yicha ismaloq hatto yasmiqdan ham o‘tib ketadi — 100 gramm uchun 13,5 mg. Shuningdek, u nafaqat ko‘rish qobiliyatiga, balki immunitet tizimiga ham foydali ta’sir ko‘rsatadigan beta-karotin (4,5 mg) va sog‘lom tish, suyak va mushaklar uchun zarur bo‘lgan kalsiyga boy.

Kartoshka

Foto: Marie Claire
Pishirilgan kartoshka tarkibida 3 mg temir, ko‘p miqdorda C va B vitaminlari mavjud bo‘lib, ular hujayra metabolizmi uchun javobgardir. Shuningdek, kartoshka kaliy va oson hazm bo‘lishga yordam beradigan minerallarning yaxshi manbaidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ismaloq, kartoshka va temirga boy boshqa mahsulotlar