06:00 / 24.01.2023
242

Qanday oziq-ovqatlar asab faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi?

Qanday oziq-ovqatlar asab faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi?
Parhezshunos nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikda foydali bo‘lgan oziq-ovqatlarni aytdi.

Kletchatka oshqozon-ichak traktida yashovchi foydali bakteriyalar uchun oziq vazifasini o‘taydi, deydi tibbiyot fanlari nomzodi Yelena Solomatina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kletchatka organizmning barcha tizimlari yaxshi faoliyat yuritishi va sog‘lom bo‘lishi uchun zarur. Jumladan, asablar salomatligi uchun ham.

Organizm uchun kletchatka juda muhim. U foydali mikroflora uchun oziq vazifasini o‘taydi. Bu bakteriyalar immun tizimi va ruhiy salomatlikni saqlashda yordam beradi, ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yurak-qon tomir kasalliklari va kletchatka iste’mol qilish o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan va unda kletchatkaning yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan. Ruhiy kasalliklarga ham xuddi shunday”, - deydi Yelena Solomatina.

Shifokorning aytishicha, yetarli miqdorda kletchatka iste’mol qilish uchun kunlik ratsionga 400-500 gramm sabzavot kiritish lozim. Mevalar tarkibida shakar ko‘p bo‘lgani uchun aynan sabzavotlar, ideal holatda tarkibida kraxmal bo‘lmagan, yashil sabzavotlarni iste’mol qilish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday oziq-ovqatlar asab faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi?