
Arizona shtati universiteti mutaxassislari kunning qaysi qismida jismoniy mashqlar qilish foydaliroq ekanini aytishdi. Bu haqda Frontiers in Medicine jurnali xabar bermoqda.
Olimlarning fikricha, ertalabki mashg‘ulotlar ayollarga ortiqcha yog‘larda xalos bo‘lish va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, kechqurun mashg‘ulotlar mushaklarning ish faoliyatini oshirishga yaxshi ta’sir qiladi.
Kechki mashg‘ulotlar erkaklarga qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Erkaklar jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash uchun kunning istalgan paytida sport va badantarbiya bilan shug‘ullanishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar