23:19 / 29.01.2023
507

Kefirli grechka: ularni birgalikda iste’mol qilish kerakligining 13 sababi

Kefirli grechka: ularni birgalikda iste’mol qilish kerakligining 13 sababi
To‘g‘ri, grechka doni hech kimni ajablantirmaydi. Ammo unga boshqa bir mahsulot qo‘shsangiz, ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ertalabki kefir bilan grechka vazn yo‘qotish va toksinlardan xalos bo‘lishga qanday yordam berishini aytamiz.

Salomatlik holati (albatta, vazn ham) nafaqat turmush tarziga, balki ovqatlanishga bog‘liq. Organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, toksinlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab oziq-ovqatlar mavjud. Ammo, aksincha, bu toksinlardan xalos bo‘lishga yordam beradigan “duet” — grechka va kefir haqida gapiramiz.

Grechkaning foydalari

Grechkali taomlar uzoq vaqtdan beri mashhur bo‘lib kelgan. U past kaloriyali bo‘lsa ham juda foydali. Grechka tarkibida A (beta-karotin shaklida), E (tokoferol), P (bioflavonoid rutin), B guruhi (tiamin, riboflavin, niasin, piridoksin, foliy kislotasi) vitaminlari mavjud. Grechkaning vitamin va minerallar “jamoasi” kaliy, magniy, fosfor, kalsiy, rux, selen va boshqa ko‘plab muhim mikro va makro elementlar bilan boyitilgan. Ko‘p miqdorda o‘simlik uglevodlari (30 foizgacha), aminokislotalar arginin, lizin, metionin, triptofan, shuningdek, limon kislotasi tufayli organizmda metabolizm normallashadi, organizmda suv-tuz va kislota — bazaviy muvozanat saqlanadi. Grechkaning bunday xilma-xil va muvozanatli biokimyoviy tarkibi uning yuqori energiya va ozuqaviy qiymati, shuningdek, donli parhez mahsulotlari orasida munosib yetakchilikni egallaydi.

Grechkaning muhim xususiyatlari:
  • Qonda gemoglobin miqdorini oshiradi;
  • Qand darajasini tartibga soladi;
  • Zararli xolesterinni yo‘qotadi;
  • Qon tomirlarini mustahkamlaydi, shikastlanishdan himoya qiladi;
  • Grechka oqsili go‘sht oqsiliga o‘xshaydi, shuning uchun to‘yimlilik hissi uzoq vaqt davom etadi;
  • Grechkani muntazam iste’mol qilish saraton xavfini kamaytirishi mumkin.

Kefirning foydalari

“Duet”ning ikkinchi komponenti kefirdir. U kalsiyga boyligi bilan mashhur. Kuniga atigi bir stakan qatiq bu moddaning kunlik dozasini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, kefir tarkibida juda ko‘p miqdorda protein va bir oz yog‘ mavjud.

Kefirning foydali xususiyatlari:
  • Undagi mikroorganizmlar ichak mikroflorasi tarkibini tartibga solishda ishtirok etadigan ijobiy bakteriyalar uchun qulay muhit yaratadi. Bu ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, shunda oziq-ovqat qoldiqlari ichaklarda turg‘un qolib ketmaydi;
  • Kefir o‘t pufagi va jigar kasalliklari faoliyatini yaxshilaydi;
  • Hatto, yurak ham oson ishlaydi, chunki bu organga yuk kamayadi;
  • Asab tizimining holati barqarorlashadi;
  • Ijobiy ta’sirlardan yana biri — kefir jigar sirrozi va saraton kasalligini oldini oladi;
  • Sutga allergiyasi bo‘lgan odamlar ham kefir ichishlari mumkin, chunki u gippoallergenlik xususiyatiga ega.

Grechkali kefirning qanday foydasi bor?

Foto: “Lisa.ru”
Ushbu mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilish organizmni tozalaydi hamda ortiqcha vaznni yo‘qotishga sabab bo‘ladi. Tozalash jarayoni tabiiy yo‘l bilan, obdon va og‘riqsiz sodir bo‘ladi.

Kefirli yormalar zaharlanishdan keyin ham tavsiya etiladi, chunki u oshqozonga asta ta’sir qiladi va organizmdan toksinlarni chiqarib yuborishga yordam beradi.

Tozalash effektini sezish uchun kefirli grechkani ertalab iste’mol qilish tavsiya etiladi, chunki kunning shu vaqtida ichaklarning ishi tezlashadi va organizm foydali elementlarni so‘rib olishga tayyor bo‘ladi. Kefirli grechkani tayyorlash uchun bir qancha xalqona retseptlari mavjud. Internetdagi sharhlarga ko‘ra, ularning har biri organizmga ijobiy ta’sir qiladi. Quyidagi retseptlardan o‘zingizga ma’qul variantni tanlab olishingiz mumkin.

Tonggi kefirli grechka organizmni tozalaydi

Organizmni tozalash uchun kefir bilan grechkani tayyorlashning ikki xil yo‘li mavjud.

Termosni olib, ichiga yuvilgan grechkani soling va ustiga qaynoq suv quying. Donlar suvdan uch baravar kam bo‘lishi kerak. Bir kecha mobaynida kuting va tozalovchi nonushta ertalabgacha tayyor bo‘ladi. Unga bir stakan kefir qo‘shish va tayyor bo‘lgan qorishmani yeyish qoldi.

Kechqurun kefir bilan xom grechkani o‘zaro aralashtirib, muzlatgichga qo‘ying. Kefir fermentlangan sut mahsuloti bo‘lgani uchun uni muzlatgichdan tashqarida saqlamang. Ochiq havoda zararli bo‘lgan salmonellalar foydali sut kislotasi bakteriyalari bilan aralashib ketishi mumkin. Aks holda, tozalash zaharlanishga aylanadi.

Grechkadan qancha, kefirdan qancha miqdorda qo‘shish xohishga bog‘liq. Faqat bir martalik iste’mol miqdorni ya’ni, taxminan 200-300 gramm aralashmani tayyorlagan ma’qul.

Na birinchi, na ikkinchi usul bo‘tqaga tuz, shakar yoki yog‘ qo‘shilmaydi. Bu yangi shaklda grechka pyuresi nafaqat nonushta, balki tabiiy dori bo‘ladi.

Organizm qanday tozalanadi?

Foto: “Lisa.ru”
Optimal sxema

Kursni yiliga ikki marta 10 kun davomida olib boring, tez-tez emas. Ertalab och qoringa bir stakan suv ichish kerak, 15-30 daqiqadan so‘ng grechka va kefir bilan nonushta qiling. Kun davomida oziq-ovqatning qolgan qismi normal bo‘lib qoladi.

Kuchli sxema

Bunda kefirli grechka diyetaning asosiga aylanadi. Ularga qo‘shimcha ravishda faqatgina meva, sabzavotlarni iste’mol qilishingiz, shakarsiz choy ichishingiz mumkin. Ammo bunday diyetadan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Chunki ochlik bilan bog‘liq parhezlarda shifokor maslahati zarurdir.

Kefirli grechka ozishga yordam beradi

Ushbu qorishma ichak mikroflorasining muvozanatini tiklashga, toksinlardan xalos bo‘lishga va ovqat hazm qilishni to‘liq normallashtirishga yordam beradi. Hatto, alohida-alohida iste’mol qilinganda ham bu ikkala mahsulot juda foydali. Va “duet”da ular yanada yaxshi ishlaydi: nafaqat organizmni tozalash uchun, balki vazn yo‘qotish va umumiy tiklanish uchun ham. Bu qorishma organizmga obdon tozalash imkonini beradi.

Don yadrolari xuddi cho‘tka kabi ishlaydi. Ichak devorlarini turli xil oziq-ovqat qoldiqlaridan tozalaydi. Boshqa tomondan, kefir tanani yog‘lar va yetishmayotgan suyuqliklar bilan to‘ldirib, uni tanadan chiqarib yuboradigan kanal vazifasini bajaradi. Kilo yo‘qotish uchun bu xususiyatlari tufayli u idealdir. Bundan tashqari, ikkala tarkibni ham har qanday do‘kondan cho‘ntakbop narxda sotib olish mumkin.

Organizmni tozalash uchun ushbu parhezga 4 kun mobaynida amal qilish kifoya, shunda natijani ko‘rasiz. Biroq, ketgan kilogrammlar soni sizning shaxsiy xususiyatlaringizga ham bog‘liq. Ba’zilar ikki hafta ichida siz 2-3 kilogramm ortiqcha vaznni yo‘qotishingiz mumkinligini aytadi.

Biroq, ba’zilar uchun bunday parhez uchun qarshi ko‘rsatmalar bor. Bu tutish qiyin bo‘lgan parhez menyu har doim vazn yo‘qotish uchun mos kelmaydi. Shu bois diyetani boshlashdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Klassik usul — 15 kun davomida nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun grechkali pyure va kefir. Yog‘ miqdori kam bo‘lgan, ammo butkul yog‘siz bo‘lmagan kefir tanlang. Ozish uchun kefir bilan grechkadan foydalanishning retsepti oddiy: yormani pishirishning hojati yo‘q, uni ziravorlarsiz 12 soat davomida qaynoq suvda qoldiring yoki kefir bilan aralashtirib bir kecha mobaynida kuting. Ushbu qorishmadan cheksiz miqdorda foydalanishingiz mumkin, faqat uyquga yotishdan 3 soat oldin uni iste’mol qilishni to‘xtatish kerak.

Odatda kuniga 4 ta porsiya yetarli hisoblanadi. Ratsionning boshida ko‘proq iste’mol qilish odatiy holdir va oxirida qism yarmiga kamayadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, organizm allaqachon kamroq ovqat iste’mol qilsa ham to‘yimlilikni his qilishga ko‘nikib qolgan. Odatiy ovqatlanish tarziga qaytganda ham bu ta’sir o‘z kuchida qolishi kerak. Ichak va oshqozon zo‘riqib qolmasligi uchun buni asta-sekin bajargan ma’qul.

Siz boshqa bir variantni sinab ko‘rishingiz mumkin: bir kun kefirda, bir kun grechkada. Avvaliga siz juda ko‘p ovqat yeyishingiz mumkin. Keyinchalik ham ko‘proq ovqatlanish istagi tug‘ilsa, oz miqdorda barra sabzavot va mevalardan iste’mol qilishing. Shuningdek, suv ichish rejimini kuniga 2-2,5 litrgacha oshirish muhimdir. Kuch va chidamliligingizga ishonmasangiz, unda siz diyetani bir haftaga qisqartiring. Bunda natija kamroq bo‘ladi, ammo umumiy holatning yaxshilanishi sezilmay qolmaydi.

Foto: “Lisa.ru”
Tayyorgarlik davri va parhezdan chiqish

Parhez vaqtida dastlabki bosqich juda muhim, chunki butun ovqat hazm qilish tizimini sezilarli darajada bo‘shatishga va uni keyingi tozalash jarayoniga yordam beradi. Shuningdek, ko‘p miqdorda oziq-ovqat iste’mol qilishga odatlangan oshqozon hajmini kamaytiradi. Shuning uchun grechka diyetasi boshlanishidan bir necha kun oldin, to‘yib ovqatlanmaslik, undan og‘ir yog‘li ovqatlarni chiqarib tashlash, sabzavot va mevalar miqdorini oshirish tavsiya etiladi. Kefirli grechka ratsiondan chiqishni ham asta-sekin amalga oshirish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kefirli grechka: ularni birgalikda iste’mol qilish kerakligining 13 sababi