01:18 / 04.02.2023
584

Shifokor: Ko‘z uchun foydali vitaminlar faqat ushbu mahsulotlar tarkibida bor

Shifokor: Ko‘z uchun foydali vitaminlar faqat ushbu mahsulotlar tarkibida bor
Shifokor – endokrinolog, parhezshunos Irina Kalinina ko‘rish qobiliyatini saqlashga ko‘mak beradigan ba’zi mahsulotlarning foydali jihatlari haqida so‘zlab berdi.

Petrushka, xandon pista va bulg‘or qalampiri ko‘z uchun foydali, ularning o‘rnini faqat aniq turdagi vitaminlar bosishi mumkin, deydi parhezshunos Irina Kalinina “Moskva 24” telekanalidagi efirlardan birida.

Kompyuter bilan ishlash, televizor va smartfonlarga uzoq vaqt tikilib turish ko‘z setchatkasi hujayralariga salbiy ta’sir qiladi. Petrushka, bulg‘or qalampiri va xandon pista tarkibidagi zeaksantin va mezoseaksantin ko‘rish qobiliyatini saqlashga qodir, deydi Kalinina.

Chunki ularning barchasi – karotinoidlar – tabiiy organik pigmentlar guruhidan bo‘lib, o‘z-o‘zidan organizmda sintezlashadi. Ularning o‘rnini faqat aniq turdagi mahsulotlar yoki vitamin komplekslari bilan to‘ldirish mumkin”, - deydi shifokor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, lyutein va zeaksantin ismaloq, bulg‘or qalampiri, rayhon, petrushka va rukkolo tarkibida ko‘proq. Shuningdek, yashil no‘xat va qovoqda ham uchraydi.

Mutaxassisning aytishicha, 18 gramm zaytun yog‘i karotinoidlarni hazm qilishni 5 dan 25% gacha ko‘paytiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor: Ko‘z uchun foydali vitaminlar faqat ushbu mahsulotlar tarkibida bor