Bola bo‘yi o‘smasligining qator sabab va omillari mavjud. Tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, inson bo‘yining o‘sishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bog‘liq. U inson a’zo va to‘qimalarida oqsil hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda bo‘lsa, u shunchaki o‘sishdan to‘xtaydi.
“Demak, bolangizning o‘smayotganini sezdingizmi, birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, uni to‘laqonli tekshiruvdan o‘tkazishingiz kerak. Shifokor UTT hamda qonda gormonlar nisbatini aniqlaydi, shuningdek, rentgenografiya yordamida bilak suyaklari tekshiriladi. Bu — tekshiruv bolaning suyaklari o‘sish hududidami yoki yo‘qmi, bilish uchun zarur”, - deydi Alimova.
Ta’kidlanishicha, bola bo‘yi o‘smasligining qator sabab va omillari mavjud. Yuqorida keltirilgan tahlillar orqali aniqlanadi. Birinchi navbatda, o‘sishdan to‘xtash irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bolaning me’yoriy o‘sishida 100 ta gen muhim rol o‘ynaydi.
Bo‘yi past ota-onadan tug‘ilgan bolaning uzun bo‘yli bo‘lishi kam kuzatiladi. Bo‘y o‘sishiga organizmdagi ayrim gormonlarning ko‘p yoki kamligi ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon va buyrak usti bezlarida yetiladigan gormonlar o‘sish gormonlari deyiladi. Shu bois endokrin tizimdagi turli izdan chiqishlar bo‘y o‘sishidagi patologiyalarga olib keladi.
Ba’zida buyrak, yurak, o‘pka va hazm a’zolaridagi surunkali kasalliklar ham bo‘y o‘sishini to‘xtatadi. Boshqa surunkali kasalliklar tonzillit (angina), xoletsistit (o‘t qopi yallig‘lanishi) odatda bo‘y o‘sishiga salbiy ta’sir qilmaydi. Ammo bunday hollarda ishtaha yo‘qoladi, bu esa bo‘y o‘sishini pasaytiradi.
Shifokor agar bolada parazitlar bo‘lsa ham bo‘y o‘sishida muammolar tug‘ilishini qayd edi. Shuning uchun ichki organizm faoliyati normal yo‘lga qo‘yilsa, bo‘y o‘sishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi