Amerika Oftomologiya akademiyasining yozishicha kompyuter ko‘z oynaklarining ko‘z uchun sezilarli foydasi yo‘q ekan. Ya’ni bu turdagi ko‘zoynaklar asosan ekrandan keladigan "bluye light"dan ko‘zni saqlash uchun taqiladi.
Ammo, bu nurlarni ko‘zga zarari haqida ilmiy isbot yo‘qligi uchun akademiya bundan ko‘zoynaklarni taqishni maslahat bermasligini yozgan.
Kun bo‘yi kompyuterda ishlaydigan insonlar uchun akademiya quyidagi maslahatlarni bergan:
1. Kompyuter ekranidan taxminan 60 sm (qo‘l uzunligi) o‘tiring. Ekranni bir oz pastga qaraydigan qilib joylashtiring.
2. "20-20-6" qoidasidan foydalangan holda muntazam tanaffuslar qiling: Har 20 daqiqada kamida 20 soniya davomida kamida 5-6 metr uzoqlikdagi obyektga qarab oling.
3. Xona yoritilishini kompyuter yorug‘ligidan farqli qiling. Agar kerak bo‘lsa, matte(matoviy) ekran filtridan foydalaning.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring