date

Test: "Sizning shaxsiy samaradorligingizni baholash"

Test: "Sizning shaxsiy samaradorligingizni baholash"

1. Siz kun davomida nechta ishni bajarasiz?
A: 15 tadan kam
B: 15 tadan ko‘p

2. Siz bir oyda nechta kitob o‘qiysiz?
A: 6 tadan kam
B: 6 tadan ko‘p

3. Siz bir kunga rejalashtirgan ishlaringizni barchasini bajarishga kamdan-kam hollarda ulgurasiz?
A: Ha
B: Yo‘q

4. Biror narsa qilish uchun Sizda ko‘pincha motivasiya etishmaydi.
A: Ha
B: Yo‘q

5. Sizga ko‘pincha biror ishni "xohlamayman" orqali bajarishingizga to‘g‘ri keladi.
A: Ha
B: Yo‘q

6. Siz sutka davomida 25 soat yoki hatto 26 soat orzu qilasiz.
A: Ha
B: Yo‘q

7. Siz o‘z ishingizdan mamnun emasligingiz va bundan ham ortiqrog‘iga erishishingiz mumkinligini tushunasiz
A: Ha
B: Yo‘q

Natijalar:

6-7 ta javobingiz A – «Horigan ot». Yordam! O‘z hayotingizda biror narsani zudlik bilan o‘zgartirishingiz kerak. Keyin faqat yomon bo‘ladi. Ehtimol, Sizda muntazam ravishda ruhiy tushkunlik kayfiyati hukmrondir, shuningdek Siz surunkali charchoqni his qilayotgandirsiz. Bu hali halokat degani emas va hammasi tugadi degani emas. Bu vaziyatdan chiqishning yo‘li mavjud. Asosiysi o‘zingizda muammo borligini tan olish va uni o‘z vaqtida echish lozim.

4-5 ta javobingiz A – «Ishchi». Umuman olganda o‘rtacha. "Horigan ot" chalik yomon emas, lekin super emas. Yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Aslida yuqori darajaga erishishingiz uchun Sizda kichik qadamlar mavjud va uni biroz tezlashtirish zarur.

2-3 ta javobingiz A – «Boshqa». Bunday odamlar haqida "U bu dunyodan emas" deyishadi. Doim nimanidir o‘ylaydi, nimanidir amalga oshiradi va asosiysi o‘z maqsadiga erishadi. U - motor! Bunday odamlar oz va ular oltinga teng. Ular o‘rtacha sinfdagi avtomashinalarda yurishadi, yaxshi kvartiralarda yashashadi va odatda pul bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmaydi. Juda ko‘plab odamlar uchun shunday hayotda yashash - bu orzu.

0-1 ta javobingiz A – «Boshlang‘ich nuqta». Bunday odamlar haqida umuman shivirlab gapirishadi. Ular o‘z hayotlarida yashashadi. Hayotiy g‘oliblar. Ular xohlagancha sayohat qilishadi, eng yaxshi avtomashinalarda yurishadi va dunyoning barcha afzalliklaridan zavq olishadi. Odatda ular kompaniya egalari yoki top-menejerlar, o‘z vaqtining qiymatini bilishadi. Ular hamma uchun namunadir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Test: "Sizning shaxsiy samaradorligingizni baholash"