Agar muzlatkichdagi harorat juda past bo‘lsa, ba’zi mahsulotlar (masalan, sabzavotlar, mevalar, o‘tlar, sut mahsulotlari) tezroq buziladi. Bu haqda toksikolog Mixail Kutushov ma’lumot bermoqda.
«Men banan va boshqa ekzotik mevalarni, masalan, mangoni muzlatgichda saqlashni tavsiya etmayman. Bunday mahsulotlar sovuqda tez qorayadi va o‘zidan gaz chiqaradi, bular: indol, skatol, vodorod sulfidi va boshqalar.
Kartoshka, pomidor va piyozni ham muzlatkichda saqlash yaramaydi - ular tezroq qorayadi, kimyoviy reaksiyalar boshlanadi. Bu rezavorlarga ham tegishli bo‘lishi mumkin - ularni muzlatkichga emas, balki fermentatsiya jarayoni boshlanmasligi uchun quyosh nurlari tushmaydigan joyga qo‘ying», deydi u.
Mutaxassisning qayd etishicha, har qanday yashil mahsulot sovuqqa chidashi qiyin. Ularni pastroq haroratda, quyosh nurlari tushmaydigan joyda saqlash maqbul.
Shuningdek, toksikolog non mahsulotlari, asal, konservantlarni muzlatgichda saqlash tavsiya etmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring