
Ko‘katlar, ziravorlar, qizil qalampir va qo‘ziqorinlar yoshlik va tabiiylikni saqlashga yordam beradi. Bu haqda parhezshunos Natalya Konyuxova ma’lumot berdi, deb yozadi Moslenta.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab ziravorlar tarkibida yog‘ almashinuvini yaxshilaydigan va vazn yo‘qotishga yordam beradigan rozmarin kislotasi mavjud. Bundan tashqari, u yallig‘lanishga qarshi va antioksidant ta’sirga ega.
A vitaminiga boy to‘q sariq rangli sabzavot va ko‘katlar terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Shish va toksinlardan qutulish uchun pomidor, tarvuz va qizil qalampir tarkibidagi kaliy yordam beradi.
Konyuxovaning aytishicha, tuxum sarig‘i, avakado, qushqo‘nmas, qo‘ziqorin, lavlagi va bodom tarkibidagi B vitamini hujayralarning yangilanishiga yordam beradi va metabolik jarayonlarni tezlashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar