109
Allergik kasalliklari bor bemorlarga qanday gilamlardan foydalanish tavsiya etiladi?
Bronxial astma, allergik rinit, atopik dermatit… Bu kasalliklardan aziyat chekuvchilar uy changidan saqlanishlari kerak.
Biroq xonadonlardagi qator buyumlar, jumladan, gilam va boshqa to‘shamalar bunday allergenlarning to‘planishi uchun qulay muhit hisoblanadi.
Xo‘sh, allergik xastaliklari bor bemorlar uchun qanday gilamlardan foydalanish tavsiya etiladi?
— Bugungi kunda gilamlar poliester va neylon kabi sintetik tolalardan tayyorlanmoqda, — deydi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova. — Ular namlikni o‘ziga yaxshi singdirmaydi va uzoq vaqt saqlamaydi.
Shu tufayli notabiiy tolali gilamlar ustida mog‘or paydo bo‘lmaydi va chang tez quriydi. Allergenlar esa bunday muhitda o‘zini noqulay “his qiladi”.
Shu bois bemorlarimizga bunday gilamlardan voz kechishni tavsiya qilamiz. Chunki tolalar qancha qisqa bo‘lsa, undagi allergenlar miqdori shuncha oz bo‘ladi.
Shuni ham unutmaslik kerak: ko‘pincha dezinfeksiyalash uchun turli kimyoviy moddalar, xususan, formaldegid va benzol kabi uchuvchi organik birikmalar bilan gilamlarga ishlov beriladi.
Vaholanki, gilam tarkibida uchuvchi organik birikmalar kam bo‘lishi zarur. Chunki formaldegid allergik kontakt dermatitga, shuningdek, ko‘zlarning qichishishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, mazkur moddalar havoga ko‘tarilib, allergik kasalliklar kuchayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, kanop yoki paxta kabi tabiiy tolalardan tayyorlangan gilamlar ham tavsiya etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi