17:31 / 31.03.2023
88

Sifati uzoq vaqt buzilmasligi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qanday saqlash kerak?

Sifati uzoq vaqt buzilmasligi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qanday saqlash kerak?
Ba’zida o‘zimiz kundalik muammolarni qo‘zg‘atamiz, atayin emas, balki bilimsizlikdan xatoga yo‘l qo‘yamiz. Oziq-ovqatlarni saqlash masalasi barcha uy bekalari uchun dolzarbdir. Quyida qaysi mahsulotlarni ko‘pincha noto‘g‘ri saqlashimiz haqida bilib olasiz.
 
Muzlatgich eshigidagi tuxum va sut
 
Parranda tuxumi harorat o‘zgarishiga toqat qilmaydi. Doimiy ravishda ochilib-yopiluvchi eshik tufayli, tuxum tarkibi yomonlashadi. Tuxumni sabzavot bo‘linmasida yoki muzlatgichning markaziy tokchasida qoldirgan ma’qul.
 
Sut ham xuddi tuxum kabi o‘zgaruvchan iqlimga chidamsiz. Eshikda u tezroq yomonlashadi va foydaliligini yo‘qotadi. Sutni sovutgichning ichkarisiga qo‘ygan afzal, ammo muzlab ham qolmasligi kerak. Eshikka sariyog‘, suyuq ziravorlar va souslarni qo‘yish kerak.
 
Yetarlicha qaynatilmagan taom
 
Ovqatni qizdirganda, uni qaynatish kerak shunda zararli bakteriyalar nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat bu tarzda kamroq buziladi: masalan, bulyon va sho‘rvalar rangi o‘zgarmaydi, qovurilgan ovqatlar esa xolesterin to‘plamaydi.
 
Ovqatni isitish
 
Taomni qayta isitmoqchi bo‘lsangiz, buni o‘z idishida emas, balki boshqa idishda bajaring. Bu patogen bakteriyalarning tarqalishini to‘xtatishga yordam beradi. Pishirilgan ovqat solingan qozon va tovalarni muzlatgichning yuqori tokchasida saqlang.
 
Sabzavot va mevalarni bitta bo‘linmada saqlash
 
Birinchi qutiga etilenni (pishgan meva va sabzavotlardan paydo bo‘ladigan gaz) tezroq chiqaradigan mahsulotlarni qo‘ying. Masalan, pomidor, nok va olxo‘ri. Boshqa qutida bu gazni kamroq chiqaradiganlar: bodring, sabzi, kartoshka, salat va olma.
 
Ko‘katlarni qayerga joylaymiz
 
Agar ko‘katlarni muzlatgichga qo‘yishdan oldin yaxshilab quritmasangiz, ular tez fursatda yorqin guldastalardan “latta”ga aylanadi. Ularni qog‘oz sochiqlarga o‘rang va yaxshilab quriting. Bu ko‘katni yangidek saqlaydi.
 
Muzlatgichdagi non
 
Non boshqa qandolatlar kabi issiq joylarda saqlanadi. Agarda nonni keyinroq iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz, uni bo‘laklarga bo‘lishdan oldin muzlatgichga qo‘ying. Shunda non qotib qolmaydi va mog‘orlamaydi.
 
Mevalarni yuvish
 
Yaqin soatlarda iste’mol qilishni xohlamasangiz, rezavorlar yuvilmasligi kerak. Agar bu mahsulotlar muzlatgichda ho‘l holatda qoldirilsa, tezda bo‘tqaga aylanadi, ularni faqat muzlatish mumkin.
 
Muzlatgichdagi go‘sht
 
Xona haroratidagi qiyma go‘shtni darhol pishirish yoki muzlatib qo‘ygan ma’qul. Issiqlik bilan ishlov berilmasa yoki muzlatilmasa, bakteriyalar go‘shtda tezda ko‘payadi.
 
Maslahatlar diyetologiya sohasidagi olimlarning tadqiqotlariga asoslangan. Shuning uchun mahsulotlardan uzoqroq foydalanish uchun ularni to‘g‘ri sharoitlarda saqlang!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sifati uzoq vaqt buzilmasligi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qanday saqlash kerak?