
Quyidagi ma’lumotlar asosida o‘zingiz tug‘ilgan soat bo‘yicha xarakteringiz haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘ling:
- Soat 24:00dan 2:00gacha intiluvchan va sinchkov bolalar dunyoga kelarkan.
- Soat 2:00 va 4:00 oralig‘ida esa serg‘ayrat, o‘z foydasini ko‘zlaydigan insonlar hamda tabiatan iste’molchi kimsalar tug‘iladi.
- Soat 4:00dan to 6:00gacha tug‘ilgan chaqaloqlar to‘g‘riso‘z, har qanday murakkab ishni ham bajara oladigan bo‘lishadi.
- Soat 6:00-8:00da xayolparast, orzularga beriluvchan, ko‘ngli noziklar dunyo yuzini ko‘radi.
- Soat 8:00 va 10:00da insonparvar, yoqimtoy chaqaloqlarni bag‘ringizga bosasiz.
- Soat 10:00dan to 12:00gacha esa izzattalab va ishi uchun jonini fido qiluvchi, mansab cho‘qqilarini egallovchi shaxslar tug‘iladi.
- Soat 12:00 va 14:00 oralig‘ida dunyoga kelganlar sayyohatni sevadigan, qaltis vaziyatlardan osonlikcha chiqib keta oladigan bo‘lishadi.
- Soat 14:00-16:00 esa mehnatkashlar, qiyinchilikdan qochmaydiganlar tug‘iladigan vaqt.
- Soat 16:00 va 18:00 oralig‘ida tinchlikparvar va hammaga yaxshilik istaydigan farzandlarni dunyoga keltirasiz.
- Soat 18:00-20:00 ruhan kuchlilar vaqti.
- Soat 20:00dan 22:00gacha «yulduz»lar dunyoga keladi, ular shunchaki yashamasligi kerak, shohona hayot, e’tibor va mashhurlikni istashadi.
- Soat 22:00 va 24:00 oralig‘ida esa faylasuflar, donishmandlar, ichki dunyosi boy, vaziyatga o‘zgacha nigoh bilan qaraydigan insonlar tug‘iladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar