16:26 / 04.04.2023
231

“Men sizga sog‘lik yoki boylik o‘rniga, faqatgina omad tilashni afzal ko‘raman..."

“Men sizga sog‘lik yoki boylik o‘rniga, faqatgina omad tilashni afzal ko‘raman..."
Taniqli ingliz siyosatdoni Cherchill doim quyidagicha tilak bildirgan: “Men sizga sog‘lik yoki boylik o‘rniga, faqatgina omad tilashni afzal ko‘raman. Doim omadingizni bersin!
 
O‘ylab ko‘ring, axir, TITANIK kemasidagilarning aksari boylar va sog‘lom odamlar emasmidi? Ammo ular orasidan ayrimlariga omad kulib boqqan va aynan omadlilar omon qolishgan."
 
Omad bor narsa - Xudo nazaridan qo‘ymasin yoki panohida asrasin mazmunidagi duolarning ijobati ham omaddir. Ehtimol eshitgandirsiz, bir yirik kompaniya rahbari bir kuni birinchi marta o‘g‘lini bolalar bog‘chasiga olib borishga qaror qilgan. Ana shu tufayli ishga o‘z vaqtida bora olmay, Nyu - Yorkdagi 11 sentyabr hujumidan omon qolgan.
 
Yana bir yigit shirinlik do‘koniga kirib o‘tishi zarurligi bois bu hujumdan joni omon qolgan.
 
Bir ayol esa har tong uyg‘otuvchi qo‘ng‘iroq 11 sentyabr kuni ishlamagani oqibatida omon qolgan.
 
Boshqa kimdir o‘sha tongda Nyu - Jersi shossesi yo‘lidagi tirbandlikda qolgani tufayli bugun yashab yuribdi.
 
Boshqasining aytishicha, u o‘sha kuni doim chiqadigan avtobusni o‘tkazib yuborgan.
 
Bir ayolning esa nonushta mahali ko‘ylagiga qahva sachragan. Boshqa kiyimni hozirlaguniga qadar vaqt kerak edi.
 
Kimningdir o‘sha tong har kuni tongda ishlab ketadigan mashinasi o‘t olmagan, kimdir bolasi bilan yoki boshqa tashvishlar bilan andarmon bo‘lib, yana kimgadir taksi o‘z vaqtida kelmagani sababli ofisga bora olmagan.
 
Hammasidan ham ta’sirlirog‘i -  ertalab yangi tufli olgan va yangi tufli oyog‘ini qadoq qilgani bois, shifo izlab dorixonaga kirgan hamda aynan shu tufayli omon qolgan kishining taqdiridir. Yangi tufli uning oyog‘iga tor kelgani uchun ham u hozir tirik.
 
Endi har gal tirbandlikda qolib ketsangiz, liftni kutib qolsangiz yoki kutilmagan boshqa biror koru hol sodir bo‘lsa, yaxshilikdan umidvor bo‘ling. Ehtimol omadingiz kelib, bu sizning foydangizga bo‘layotgandir. Kimnidir kutib qolish, kimningdir qo‘ng‘irog‘ingizga javob bermasligi, kundalik tashvish va odamlar, bajarilmagan va’dalar kayfiyatingizga ta’sir qilmasin. Bunda ham yaxshilik bordir.
Xudoyim chevar -- uning xohishlari ortida biror hikmat yotgan bo‘ladi. Buning orqasida sizning omadingiz yotgan bo‘lsa, ajab emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Men sizga sog‘lik yoki boylik o‘rniga, faqatgina omad tilashni afzal ko‘raman..."