18:28 / 24.04.2023
153

Changyutkichdan foydalanishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 ta xato

Changyutkichdan foydalanishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 ta xato
Changyutkichdan oqilona foydalanish va uni to‘g‘ri joyda saqlash changyutkichning unumdorligi bilan birga uning ishlash muddatini uzaytiradi. Quyida bu bo‘yicha deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan bir nechta xatolar keltirilgan.
 
Changyutkichni nam joyda qoldirish
 
Namlik elektron qurilmalarning, jumladan, changyutkichlarning “dushmanidir”. Agar changyutkich yerto‘la yoki hammom kabi nam joyda qoldirilgan bo‘lsa, metall qismlar korroziyaga uchrashi, mog‘or paydo bo‘lishi va elektr qismlarga zarar yetishi mumkin. Agar texnikaning podvalda turishi zarur bo‘lsa, namlikni ketkazish uchun quritgichdan foydalanish yoki o‘sha joyni quruq holda saqlash uchun yaqin atrofga namlikni yutuvchi qoplarni qo‘yishni o‘ylab ko‘ring.
 
Changyutkich xaltasini bo‘shatmaslik
 
Yana bir keng tarqalgan xato — changyutkichni saqlashda chiqindi qutisi yoki chang qopini to‘lgan holda qoldirishdir. To‘la idish yoki qop chang tortish quvvatini kamaytiradi va motor haddan tashqari ortiqcha yuklanadi. Kelgusida optimal ishlashni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan chang qutisini bo‘shatish yoki qopini almashtirish zarurdir.
 
Filtrlarni tozalamaslik
 
Changyutkichlar chang, chirk va boshqa zarralarni ushlab qoladigan filtrlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularning havoga qayta chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular to‘lib qolishi mumkin, bu esa ish samaradorligini pasaytiradi. Changyutkichni saqlashdan oldin ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga muvofiq filtrlarni tozalash yoki almashtirish katta ahamiyatga ega.
 
Shnurni changyutkichga o‘rab qo‘yish
 
Shnurni changyutkichning o‘ziga mahkam tortib, uni shu holatda qoldirish kabelga zarar yetkazishi va elektr ulanishlarini ortiqcha kuchlanishga olib kelishi mumkin. Shnurni to‘liq yechish, burmalar yoki tugunlardan qochish lozim. Shnurni shikastlamasdan ehtiyotkorlik bilan o‘rash uchun siz shnur ilgaklari yoki changyutkichdagi qisqichlardan foydalaning.
 
Changyutkichni tor joyda saqlash
 
Changyutkichni tor joyda, masalan, boshqa narsalar bilan to‘la shkafda yoki og‘ir narsalar orasida saqlash maishiy texnikaning o‘ziga yoki uning qo‘shimcha qismlariga zarar yetkazish ehtimoli katta. Jihozni vertikal ravishda joylashtirish mumkin bo‘lgan keng joyda saqlash muhimdir.
 
Maxsus nasadkalarni noto‘g‘ri joylab qo‘yish
 
Changyutkichlar turli xil tozalash usullarida ishlatiladigan shlanglar, cho‘tkalar va nasadkallar kabi bir nechta qo‘shimcha jihozlar bilan birga keladi. Ushbu qo‘shimchalarni noto‘g‘ri saqlash ularning shikastlanishga olib keladi. Qo‘shimchalarni changyutkichning o‘ziga biriktirish yoki ularni belgilangan joyda qoldirish kerak. Bu ularni yo‘qotib qo‘yish yoki shikastlanishining oldini olishga yordam beradi va zarur bo‘lganda ulardan foydalanishni ta’minlaydi.
 
Ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga e’tibor bermaslik
 
Barcha changyutkichlar har xil va ularni to‘g‘ri saqlash uchun ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim. Ba’zi modellar batareyani olib qo‘yish yoki ayrim qismlarini bo‘laklarga ajratish kabi maxsus shartlar yoki ehtiyot choralarini talab qiladi. Ko‘rsatmalarga rioya qilmaslik changyutkichga zarar yetkazishi yoki kafolatni bekor qilishga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Changyutkichdan foydalanishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 ta xato