Aynan shu mahsulot endometrioz xavfini oshiradi. Yaqinda Lids universiteti olimlari 17 yil davom etgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb yozadi Wday nashri.
Unda 35 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan jami 32 ming 147 nafar ayol ishtirok etdi. Mutaxassislarning ko‘pchiligi ayollarning nima iste’mol qilishi va diyeta ularning sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishi bilan qiziqdi.
Natijada to‘rtta asosiy oziq-ovqat guruhi aniqlandi.
Birinchisiga haftada bir marta yoki undan kamroq mol va parranda go‘shti, baliq iste’mol qilganlar kirdi.
Ikkinchisiga baliqni afzal ko‘rib, uni haftada kamida bir marta iste’mol qilganlar.
Uchinchisi baliq va parranda go‘shtini haftada bir marta yoki undan ko‘proq tanovul qilganlar va to‘rtinchi guruh baliq yoki parranda go‘shti emas, balki asosan lahm go‘sht iste’mol qilganlar.
Tadqiqotchilar lahm go‘sht deganda mol va qo‘y go‘shti, yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini inobatga olishdi.
Olimlar barcha ayollarning sog‘lig‘ini o‘zaro taqqoslab, to‘rtinchi turdagi diyetaga rioya qilganlar to‘g‘ri ichak saratoniga chalinish ehtimoli ko‘proq ekanini aniqladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday ayollarning soni oz, atigi bir foizga yaqin edi.
Har holda bu ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Agar biror kishi oilada saraton kasalligiga moyil bo‘lsa-yu, uning oldini olish haqida jiddiy o‘ylayotgan bo‘lsa, go‘sht iste’molini cheklagan ma’qul, — deydi tadqiqot rahbari doktor Diyego de Jorgui.
Foto: Wday
Qayd etish kerakki, 2018 yilda Glazgo universitetida 273 ming 466 nafar ayolni qamrab olgan katta miqyosdagi tadqiqot o‘tkazildi. Uning natijalari olimlarni quvontirmadi.
Agar 35-40 yoshli ayol haftasiga uch bo‘lak bekon iste’mol qilsa, unda ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfi ortadi.
Shuningdek, Vashingtondagi Saraton tadqiqot markazida yana bir tadqiqot 82 ming nafar ayol ishtirokida o‘tkazildi. Kuzatuvlar 22 yil davom etdi.
Natijada, haftasiga ikki marta go‘sht iste’mol qiladigan ayollarda go‘sht iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda 56 foizga ko‘proq endometrioz tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Go‘shtni iste’mol qilish endometriozni keltirib chiqaradigan gormonlar ishlab chiqarishga ta’sir qiladi, — deydi tadqiqot rahbari Fred Xatchinson.
Ko‘proq faol jismoniy harakat va yangi sabzavotlar, kamroq yog‘li va qizarib pishgan ovqatlar, spirtli ichimliklar va chekishdan saqlanish — sog‘lom hayotning bu formulasi o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan har bir kishiga ma’lum. Istalgan vaqtda va istalgan joyda mavjud bo‘lgan oziq-ovqat va ko‘katlarning ushbu ro‘yxatini saratonga qarshi eng yaxshi oziq-ovqatlar sifatida muzlatkich eshigiga osib qo‘yishga arziydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi