Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish odatini mutolaa zavqiga qanday qilib o‘zgartirsa bo‘ladi?
Sizda ijtimoiy tarmoqlarni doimiy tekshirib turish odat bor. Ularni atigi besh daqiqa oldin ko‘zdan kechirgan bo‘lsangiz ham baribir. Bu shunday ishlaydi: qo‘zg‘atuvchi his (zerikish yoki tashvish) sizni ijtimoiy tarmoqlarga o‘tish (harakat)ga undaydi. Yangi sharhlar yoki yoqtirishlar (layklar)ning paydo bo‘lishi “mukofot”dir. Do‘stlarning xabarlari va fotosuratlari — hissiy ishtirok buning natijasida siz qayta-qayta tarmoqqa qaytasiz.
Bu zararli odatni yaxshisiga almashtirib, ko‘proq o‘qishni boshlashingizga yordam beradigan uchta qadam.
- Qarshilikni kamaytiring. Ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni o‘qishdek kitob o‘qishdan zavq olishimiz psixologik jihatdan qiyinroq. Kitobni ochganimizda qandaydir katta majburiyatni o‘z zimmamizga olamiz, chunki bu uzoq va uni o‘qishga ham ko‘p vaqt ketadi. Ammo o‘zingizni ko‘ndirishingiz mumkin. Buning uchun o‘zingizga kichik qismlarda kitob o‘qishga ruxsat bering.
- Qo‘zg‘atuvchi sababni almashtiring. Har safar ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish istagi paydo bo‘lganda kitobni qo‘lga oling. Yangi boshlanuvchilar uchun bosma kitob yaxshiroqdir. Elektron qurilmada o‘qish paytida juda ko‘p chalg‘ituvchi signallar bo‘lishi mumkin. Agar telefoningizdan o‘qishga to‘g‘ri kelsa, barcha ijtimoiy tarmoq va messenjerlar ko‘rinmas rejimga o‘tkazing. Kitob ilovalarini esa smartfon ekranida ko‘z tushadigan qilib joylang.
- Faoliyatni o‘zgartiring. Mutolaa qiling! Kerakli sahifani oching va o‘qishni boshlang. Kitobni majburiyat degan fikrdan xalos bo‘lishga harakat qiling. Dastlab qisqa bo‘limlarga ega bo‘lgan kitobdan boshlang.
Ushbu rejaga kamida bir hafta muntazam ravishda rioya qiling. Shunda kitob o‘qishga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgara boshlaydi. Shunda telefoningizga emas, balki kitob mutolaasini odat qilasiz va buni o‘zingiz ham sezasiz.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring