15:35 / 08.05.2023
162

Diyetolog tavsiyasi: Shakar qanday hollarda sog‘liq uchun foyda?

Diyetolog tavsiyasi: Shakar qanday hollarda sog‘liq uchun foyda?
Diyetolog inson organizmiga nima uchun shirinlik kerakligi va uning eng foydali manbai nima ekanligini tushuntirib berdi.
 
- Shakarning zararini inkor etib bo‘lmaydi, — deydi diyetolog, psixoterapevt Irina Mansurova, ammo uning organizmga foydasi ham bor.
 
Glyukoza kerak
 
Shakar organizmga tushishi bilan glyukoza darajasi ko‘tariladi. Undan foydalanish uchun organizm o‘zi ishlab chiqaradigan insulinga muhtoj. Qayta ishlanmagan glyukoza yog‘ zaxiralari tomon yuboriladi. Kletchatka glyukoza darajasining keskin ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi — u qismlarga bo‘lib energiya beradi. Shuning uchun bizga shakar kerak, faqat uni me’yorida iste’mol qilish zarur.
 
Foydali shirinliklar
 
Diyetolog fikricha, bunday mahsulotlar rezavor va mevalarni o‘z ichiga oladi, ular ham kletchatkaning ajoyib manbai hisoblanadi. Shifokor keks o‘rniga quritilgan mevalarni tanovul qilishni maslahat beradi, lekin kuniga 30 grammdan oshmasligi kerak.
 
Muzqaymoqni yaxshi ko‘ring, sog‘liq uchun ovqatlaning, faqat taomnomangiz parhezli, haqiqiy meva va rezavorlarga asoslangan bo‘lsin. Buni o‘zingiz tayyorlaganingiz ma’qul”, — deydi mutaxassis.
 
Foydali shirinliklar qatoriga marmelad, zefir kabilar kiradi, chunki ular tarkibida shakarning tez so‘rilishini kechiktiruvchi va oshqozon-ichak traktini tozalaydigan pektin tolasi mavjud.
 
Asaldan voz kechmang. Kuniga bir necha qoshiq asaldan ortiqcha vazn kelib chiqmaydi. Bu bilan kayfiyat yaxshilanadi, sog‘liq mustahkam bo‘ladi.
 
Qora shokolad ham shirinliklarga ajoyib alternativ bo‘lib, u yurak va qontomirlar ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini tartibga soladi va stressni yengishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyetolog tavsiyasi: Shakar qanday hollarda sog‘liq uchun foyda?