20:45 / 27.05.2023
145

Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat

Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat

Har kuni organizmga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazamiz. Qanday qilib? Ehtimol, siz buni payqamaysiz ham. Kechki paytga borib holsiz bo‘lib qolsangiz, sababini bilish uchun kundalik odatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak. Bordi-yu, o‘zingizni jismoniy zo‘riqtirmagan bo‘lsangiz ham holsizlik tuysangiz, bu normal holat. Chunki o‘zingiz bilmagan holda quyidagi harakatlarni qilgan bo‘lishingiz mumkin.

Stress

Foto: Woman

Stress — hayotimizning ajralmas qismi. Xohlaysizmi yoki yo‘qmi, u bizda doim takrorlanib turadi. Undan qancha qochishga urinmaylik, baribir hujum qilaveradi. Natijada haddan tashqari zo‘riqish oxir-oqibat charchashga aylanadi, bu nafaqat charchoq va hech narsa qilishni istamaslik, balki immunitetning pasayishiga olib keladi. Bu esa turli kasalliklarning osonlik bilan rivojlanishiga turtki beradi.

Og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlar

Foto: Woman

Ko‘pchilik stressning ta’sirini og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan davolashga harakat qiladi. Ularga o‘rganib qolish juda oson, ammo bunday dorilardan yordam kutmaslik kerak. Vaqt o‘tishi bilan organizmda ushbu dorilarga qarshilik paydo bo‘ladi, odam ta’sir kuchi sezilarli bo‘lishi uchun dozani oshiradi va bu ko‘plab organlarga yukni oshiradi. Ertami-kechmi bunday tabletkalarni sevuvchilar oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolarga duch kelishlari aniq. Og‘riq qoldiruvchi vositalarni ancha foydali va tejamkor usulga almashtirish lozim va bu meditatsiyadir.

Ortiqcha ovqatlanish

Foto: Woman

Agar siz o‘z dardlarini yeyish orqali unutadiganlar toifasidan bo‘lsangiz, kun kelib sizda ortiqcha ovqatlanishga moyillik paydo bo‘ladi. Bu nafaqat nozik qomatni yo‘qotishga, balki yurak-qon tomir kasalliklariga, shuningdek, diabetga olib keladi. Agar siz hali ham oziq-ovqatga suyanishni to‘xtata olmasangiz, unda hech bo‘lmaganda uni foydali oziq-ovqatlar bilan almashtirishga harakat qiling va kaloriyalarni hisoblashda dangasa bo‘lmang.

Suv ichmaslik

Suv haqida unutmang. Bu nafaqat terimizning go‘zalligi, balki butun organizmning salomatligi uchun juda muhimdir. Suv tanqisligi bilan odam, shubhasiz, doimiy charchoq va asabiylashishni boshdan kechira boshlaydi. Organizmni sog‘lom saqlash uchun har kuni yetarli miqdorda suyuqlik ichish (faqat gazsiz toza suv) nihoyatda zarur.

Gadjetlar

Foto: Woman

Kompyuterda ishlash ko‘pchiligimiz uchun hayotning ajralmas qismidir. Ammo bu salomatligimizga nechog‘li zarar yetkazadi! Birinchi galda ko‘z monitorga tushadi. Ba’zilar bu haqda oldindan qayg‘urib, maxsus tomchilar va ko‘zoynaklar sotib olishadi. Ammo klaviatura ustidagi qo‘llarning noto‘g‘ri holati haqida nima deyish mumkin? Tan oling, vazifalar ketma-ketligida buni nazorat qilish deyarli imkonsiz. Vaqt o‘tishi bilan nozik motorika qobiliyatlari yomonlasha boshlaydi, qo‘llarning uyquchanligi va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Shu bois kompyuterda uzoq ishlaydiganlarga ish vaqtida tanaffus qilishlari tavsiya etiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat