Immunitetni dori-darmonlarsiz ko‘tarishning 5 ta tabiiy usuli

Immunitetni dori-darmonlarsiz ko‘tarishning 5 ta tabiiy usuli
Immunitetni dori-darmonlarsiz ko‘tarishning 5 ta tabiiy usuli
Tez-tez kasal bo‘lasiz, dorixonada siz sinab ko‘rmagan dori qolmadimi? Yangi dorilarni sotib olishdan avval odatiy turmush tarzingizni o‘zgartirishga harakat qilib ko‘ring. Quyida immunitetni qo‘shimcha vositalarsiz mustahkamlashga yordam beradigan 5 ta oddiy odatni eslab qoling.
 
Na’matak va C vitamini
Na’matak damlamasi va tabiiy C vitaminini ichib yuring. Ushbu vitaminlarning zarari yo‘q: ularni organizm o‘ziga yetishmayotgan miqdordagina o‘zlashtiradi.
 
Dam olish kunlarini shahar markazidan chetroqda, tog‘ yon bag‘rida o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, o‘tlar ustida oyoqyalang yurish tavsiya etiladi.
 
Organizmni turli stresslar va depressiyadan cheklang. Aslida kayfiyatni buzmaslik siz o‘ylaganingizdan ko‘ra osonroq. Masalan, arzimagan narsalar uchun asabingizni buzmang va kichkina holatlardan ham xursandchilik topa biling.
 
Qora mevali aroniya (ryabina)ni istalgan ko‘rinishda iste’mol qiling. Ushbu rezavor meva immun tizimini mustahkamlaydi va miya ishini faollashtiradi.
 
Giyohli damlama
Ko‘k yoki qora choy emas, giyohli damlamalarni ko‘proq iching. Moychechak, bo‘znoch (bessmertnik), qayin kurtagi hamda dalachoy damlamasi immunitetni har qanday tabletkalardan yaxshiroq ko‘taradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar