17:53 / 02.06.2023
235

Organizmga oqsil yetishmayotganini anglatuvchi simptomlar

Organizmga oqsil yetishmayotganini anglatuvchi simptomlar

Protein yoki oqsil inson organizmi uchun eng muhim komponent hisoblanadi. Mushaklar oqsildan iborat bo‘lib, u biriktiruvchi to‘qimalar va teri uchun nihoyatda zarur element. Ferment oqsillari, antitana oqsillari mavjud, ko‘pchilik gormonlar ham oqsillardir. Kasalliklar tufayli protein almashinuvi buziladi. Ammo qatʼiy diyetalarga rioya qilganlar yoki parhezni noto‘g‘ri tuzganlar xavf ostidalar, chunki ular oziq-ovqat oqsillarini yetarli darajada isteʼmol qilishga eʼtibor bermaydilar.

Protein organizmning asosiy qurilish blokidir, shu bois protein yetishmovchiligi nozik alomatlar bilan yuzaga chiqadi. Yaʼni organizmda oqsil tanqisligining oddiy shakllari ham infeksiyalarga qarshi turish qobiliyatini pasaytiradi, tirnoq va sochlarning o‘sishini sekinlashtiradi va yuzning tashqi ko‘rinishiga taʼsir qiladi.

Oqsil yetishmovchiligini erta aniqlash sog‘liq uchun jiddiy oqibatlarning oldini olishda juda muhimdir. Va bunga ishora qiluvchi asosiy belgilar bor. The Voice Mag nashri ana shu belgilarni sanab o‘tdi.

Protein yetishmovchiligi qanday namoyon bo‘ladi?

Tashqi ko‘rinishdan:

  • Soch va tirnoqlarning mo‘rtlashuvi;
  • Terining quruqlashishi natijasida qichishishi;
  • Rangparlik (anemiya belgisiga yaqin ko‘rinish);
  • Aniq sabablarsiz shish paydo bo‘lishi.

Asab tizimidan:

  • Kuchli, tez-tez bosh og‘rig‘i;
  • Uyquchanlik, befarqlik hissi;
  • Xotira susayishi;
  • Uyqusizlik;
  • Organizmning umumiy holati jihatidan:
  • Mushaklar og‘rig‘i;
  • Immunitet zaiflashishi;
  • Diareya yoki ich qotishi;
  • Tez-tez ko‘ngil aynishi;
  • Shirinliklarga bo‘lgan istakni tiyib tura olmaslik.

Kimlarda protein yetishmaydi?

Go‘sht isteʼmol qilmaydiganlar, vegetarianlar oqsil yetishmasligi xavfi ostidagilar hisoblanadi. O‘simlikka asoslangan oziq-ovqatlar yengillik hissini berishi mumkin, ular o‘zining hajmi bilan kletchatka va pektinning ko‘p miqdori tufayli oshqozonni yaxshi to‘ldira oladi. Shu bois ham protein yetishmovchiligi eʼtibordan chetda qolishi mumkin. Biroq shu yerda muhim savol tug‘iladi: agar siz hayvon go‘shtlari asosida tayyorlanadigan mahsulotlar qatʼiy cheklangan diyetaga o‘tishga qaror qilsangiz, taomnomadagi protein yetishmasligini qaysi manbalar hisobidan qoplaysiz, shuni oldindan aniqlab oling.

Xuddi shu sababga ko‘ra, ochlik va baʼzi oziq-ovqatlarni keskin cheklash yoki isteʼmolni sezilarli darajada kamaytirish bilan bog‘liq diyetalar xavflidir.

Mono diyetalar deyarli har doim protein yetishmasligiga olib keladi (proteinli mono dietalar esa oqsilni meʼyordan oshirib yuborishi mumkin, bu unchalik foydali bo‘lmagan boshqa hikoya).

Shuningdek, oqsillar almashinuvida ayrim nuqsonlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar mavjud. Va bemorlar ulardan aziyat chekayotganini bilmasliklari ham mumkin — ayniqsa, kasallik balog‘at yoshida rivojlangan bo‘lsa.

Protein yetishmovchiligini aniqlaydigan analizlar

Agar jiddiy protein tanqisligi yoki uning so‘rilishi buzilganligi haqida shubhada bo‘lsangiz, shifokor quyidagi klinik tadqiqotlarni buyurishi mumkin:

  • Klinik qon tahlili (ESR);
  • Reberg-Tareev testi;
  • Kundalik peshobda karbamid;
  • Peshobda kreatinin;
  • Peshob va zardobdagi umumiy protein tarkibini tahlil qilish;

Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlaydigan yana bir nechta analiz testlar mavjud. Holatga qarab, shifokor kerakli tadqiqotni yoki ularning kombinatsiyasini tanlaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmga oqsil yetishmayotganini anglatuvchi simptomlar
ePN