23:22 / 06.06.2023
373

Kalsiyni organizmdan chiqazib yuboradigan 4 ta oziq-ovqat

Kalsiyni organizmdan chiqazib yuboradigan 4 ta oziq-ovqat
Foto: The Voice Mag
Kalsiy yetishmasligini to‘ldiradigan mahsulotlar haqida ko‘p gapiriladi. Uni organizmda so‘rilishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?
 
Kalsiy tanadagi eng muhim minerallardan biridir. Aynan u suyaklar va tishlarning asosiy qurilish elementi bo‘lib, mushaklar, asab va yurak-qon tomir tizimlarining ishida muhim rol o‘ynaydi. Kalsiy yetishmasligi turli xil sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin: osteoporoz, tishlarning parchalanish xavfi, mushaklarning spazmlari va yurak kasalliklari. Shuning uchun kundalik ratsioningizdan nafaqat yetarli miqdorda kalsiy bo‘lishi, balki qaysi ovqatlar bu foydali mineralni organizmdan chiqazib tashlashini bilish ham muhimdir.
 
Palma yog‘i
 
Parhezshunoslar ko‘pincha palma yog‘ining xavfi haqida gapirishadi, lekin nima uchun bu yog‘ juda xavfli? Mahsulot kalsiyning normal so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, u juda ko‘p foydali oziq moddalarning so‘rilishining oldini oladi! Shuning uchun tarkibida palma yog‘i bo‘lgan mahsulotlardan butunlay voz kechgan ma’qul.
 
Kofe
 
Kuniga bir yoki ikki finjon qahva yetarli! Ammo, shubhasiz, me’yorni oshirib yuborish yaramaydi. Bu suyaklarni mo‘rtlashishi bilan tahdid qiladi, chunki qahva kalsiyni yemiradi. Tishlaringizning go‘zalligini xavf ostiga qo‘ymang va kun davomida qahva o‘rniga ko‘k choy iching.
 
Shakar
 
Bu mahsulot birday zararli: tozalangan shakar, shirinliklar va gazlangan ichimliklar. Hammasi oddiy: shakar ichak mikroflorasini buzadi, foydali vitaminlar va minerallar to‘liq so‘rilmaydi.
 
Tuz va alkogol
 
O‘lchovni bilish, anglash va unga rioya qilish muhim. Tuz va spirtli ichimliklar organizmdagi kalsiy miqdoriga salbiy ta’sir qilishini unutmaslik kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kalsiyni organizmdan chiqazib yuboradigan 4 ta oziq-ovqat