23:47 / 08.06.2023
161

Shifokor qahva iste’molidan voz kechishga chaqirdi

Shifokor qahva iste’molidan voz kechishga chaqirdi
Yildan yilga yoz mavsumida havo harorati yuqorilab bormoqda. Albatta, bunga qator texnogen va tabiiy omillar ta’sir qilyapti. Bunday sharoitda insonlar anomal issiq ob-havoda yashashga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, yoz chillasini qanday o‘tkazish kerak?
 
— Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo‘lgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq, — deydi Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, shifokor Azizbek Nizomov. — Mavsumga mos bunday liboslar terining nafas olishiga imkon yaratadi, tana qizib ketishining oldini oladi.
 
Iloji boricha to‘g‘ri tushayotgan quyosh nuridan saqlanishga harakat qilish va bosh kiyim kiyib yurish lozim.
 
Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqishni rejalashtirmagan ma’qul.
 
Ammo tashqariga chiqishga zarurat bo‘lsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish kerak.
 
Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi hamda ko‘p namlik yo‘qotiladi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur.
 
Yoz kunlari chanqoqni olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar bosadi.
 
Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan ma’qul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi.
 
Shirin va gazlangan ichimliklar ham tavsiya etilmaydi.
 
Issiq ob-havoda spirtli ichimliklardan tiyilish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor qahva iste’molidan voz kechishga chaqirdi