Foto: Wday
Qo‘ldagi og‘riqlar ortiqcha yuklar, sinish yoki ko‘karishlar bilan paydo bo‘ladi. Ammo sabablar artrit va artrozgacha ancha jiddiy bo‘lishi mumkin. Qo‘l og‘riganda nima qilish kerakligini bilishingiz kerak. Qolaversa, kasallikni o‘z vaqtida to‘xtatishingiz mumkin, deb yozmoqda Wday nashri.
Qo‘l og‘risa nima qilish kerak?
Birinchidan, og‘riqning sababini bilib oling, u quyidagicha bo‘ladi:
- tendit va peritendit;
- artroz va artrit;
- deformatsiya qiluvchi osteoartrit;
- bo‘yin osteoxondrozi;
- bilak to‘qimalarining nekrozi;
- bo‘g‘imlar cho‘zilishi;
- sinish va qo‘l chiqishi;
- jismoniy mashqlar.
Ushbu muammolarning har biri o‘zini turli yo‘llar bilan namoyon qiladi. Og‘riqning tabiatini hisobga olganingizga ishonch hosil qiling.
Yelka yoki tirsaklarga tarqaladigan og‘riqli hislar osteoxondroz belgisidir. Artrit va artroz sababli yuzaga keluvchi og‘riq ertalab pasayadi, bemor bilak va barmoqlarini harakatga keltirishga qiynaladi.
Kuchli og‘riqlar sinish yoki qo‘l chiqqanini, o‘tkir og‘riq bo‘g‘inlar cho‘zilganini ko‘rsatadi.
Bemorlarga qo‘lning rentgenogrammasi, bo‘yin umurtqasi MRT tekshiruvi va qon testi buyuriladi.
Davolash kasallikdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bu fizioterapiya mashqlari, bo‘g‘inlarni qo‘l bilan tuzatish yoki dori-darmon terapiyasi bo‘lishi mumkin.
Qo‘l og‘risa, uy sharoitida nima qilish kerak?
Og‘riqning sababi yallig‘lanish kasalliklari bo‘lsa, unda xalq tabobati yordam beradi. Ular faqat shifokor tekshiruvidan keyin, uning tavsiyasi bilan qo‘llaniladi.
Quyidagi retseptlarni taklif qilinadi:
- Bo‘g‘inlarni ishqalash uchun nastarin infuzioni. Shishani yarmigacha o‘simlik gullari bilan to‘ldiring va unga spirt quying. Ikki haftaga qoldiring va yotishdan oldin qo‘llang;
- Kalina infuzioni. 200 ml qaynoq suvga 1 choy qoshiq o‘simlikning ezilgan shoxlarini soling, 15 daqiqaga qoldiring va kuniga 3 marta iching;
- Asal va spirt asosidagi kompress. Ingrediyentlarni teng nisbatda aralashtiring, aralashmaning ichiga doka bog‘lamini botirib, bir kecha og‘riqli qo‘lga bog‘lang. Kompressni ishlatishdan oldin, ushbu komponentlarga allergiyangiz bor-yo‘qligini tekshirib oling.
Kompresslarni qo‘llashda oziq-ovqat plyonkasidan foydalaning. Bu issiqlik ta’sirini kuchaytiradi. Kurs davomiyligi bir oy.
Ba’zida jarrohlik qilmasdan qo‘llardagi og‘riqlardan xalos bo‘lish imkonsiz. Agar og‘riqlar ikki kundan keyin ham yo‘qolmasa, hatto, yengil bo‘lsa ham shifokor qabuliga borish zarur.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring