12:50 / 19.06.2023
88

Uyqusizlikning noma’lum sababi: husnbuzarlar tungi uyquga qanday ta’sir ko‘rsata oladi?

Uyqusizlikning noma’lum sababi: husnbuzarlar tungi uyquga qanday ta’sir ko‘rsata oladi?

Ma’lumki, yomon uyqu yoki uning yetishmasligi terining holatiga salbiy ta’sir qiladi. Biroq yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, toshmalarning o‘zi sifatli uyquga xalaqit berishi mumkin, deb yozadi Woman nashri.

Foto: Woman

So‘nggi yillarda bu bo‘yicha uchta tadqiqot o‘tkazildi. Ularda asosan turli yoshdagi ayollar ishtirok etdi. Tadqiqotlardan biri shuni ko‘rsatdiki, terisiga husnbuzarlar toshgan odamlarning yarmidan ko‘pi (54 foizi) uyqu yetishmasligi haqida xabar bergan bo‘lsa, husnbuzarlarsiz odamlar, aksincha, uxlash bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini ma’lum qildi. Boshqa bir tadqiqotda ular uyqusizlikning boshqa barcha mumkin bo‘lgan sabablarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi, shuning uchun ular husnbuzar va sog‘lom uyqu o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikni topdilar.

Amerikaning Allure jurnali mutaxassislardan tadqiqot ma’lumotlariga izoh berishni so‘radi. Biroq tadqiqotchilarning ba’zilari tadqiqotni boshqacha talqin qilish mumkinligini ta’kidlab, bu bosqichda ular o‘z fikrlarini bildirishga hali tayyor emasliklarini ma’lum qildi. Ammo ikki nafar dermatolog o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Husnbuzar bilan qiynalayotgan ko‘plab odamlar yaxshi uxlashadi — eng so‘nggi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, husnbuzarli odamlarning 50,3 foizi tinch uyqu haqida xabar berishdi”, deydi tibbiyot fanlari doktori, dermatolog Xezer D. Rojers.

“Shunga qaramay, vaziyatning ikkinchi yarmida holat ancha yomonroq. Va savollar bor. Agar biz ularning uyqu sifatini yaxshilay olsak, terining sifati yaxshilanadimi? Agar biz ularning husnbuzarlarini davolasak, ularning uyqusi yaxshilanadimi? Bu savollarga hali javob topa olmaganmiz”.

Foto: Woman

Nosog‘lom uyqu insulin qarshiligini keltirib chiqarishi, stressni kuchaytirishi, kortizol darajasini oshirishi va boshqa gormonlarga ta’sir qilishi va shu bilan yallig‘lanishga hissa qo‘shishi isbotlangan. Shundan kelib chiqib, shifokorlar uyqu terining umumiy salomatligi uchun juda muhim degan xulosaga kelishadi.

“Akne nima uchun uyqu sifatiga ta’sir qilishi haqida ko‘plab nazariyalar mavjud, ammo ular tasdiqlanmagan” deydi dermatolog Naana Boakye. “Yomon uyqu terining erta qarishini keltirib chiqaradi. Teri to‘sig‘i buziladi, organizmning immunitet tizimi aziyat chekadi. Bundan tashqari, stress buyrak usti bezlari tomonidan jinsiy gormonlar va kortizol ishlab chiqarishni oshiradi, bu esa yog‘ bezlarining ishini kuchaytirishga olib keladi. Natijada husnbuzar holati og‘irlashadi. Teri, uyqu va hayot sifati o‘rtasida siklik tarzda bir-biriga ta’sir qiladigan bog‘liqlik ham mavjud”.

Bir so‘z bilan aytganda, olimlar bu qandaydir siklik jarayonlar degan xulosaga kelishadi, bu yerda yomon uyqu husnbuzar paydo bo‘lishiga olib keladi va toshmalarning mavjudligi uyqu bilan bog‘liq vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Biroq Naana uyqu va teri uchun qila oladigan eng yaxshi narsa sog‘lom turmush tarzini olib borish ekanligiga ishonch hosil qilgan.

“Terini nazorat qilish uchun hissiy stressni boshqarish, muntazam ravishda mashq qilish va to‘g‘ri ovqatlanish kerak”, deydi doktor Boakye.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqusizlikning noma’lum sababi: husnbuzarlar tungi uyquga qanday ta’sir ko‘rsata oladi?