Qancha erta boshlasangiz, shuncha yaxshi: salomatlikka faqat foyda keltiradigan 4 ta sog‘lom odat
Ushbu oddiy harakatlar sizga uzoq va baxtli hayot baxsh etadi, deb yozadi Lifehacker nashri.
- O‘z vaqtida yotish
Voyaga yetgan odam 7-9 soat uxlashi kerak. Aynan shu dam olish davri yuqori mahsuldorlikni saqlashga yordam beradi va kasallik tufayli bevaqt o‘lim xavfini kamaytiradi.
Qanday qilib odatni rivojlantirish kerak?
Kundalik tartib — quruq gap emas. Agar odam har doim bir vaqtda uyquga yotsa, asta-sekin u kerakli soatda avtomatik ravishda uxlashni boshlaydi. Yana bir jihati borki, qiziq mashg‘ulot bilan band bo‘lsangiz, kunning oxirini o‘tkazib yuborish oson. Bu paytda budilnik yordamga keladi. Tishlaringizni yuvish yoki kitob o‘qish kabi kechki faoliyatga vaqt bo‘lishi uchun uni bir oz oldin vaqtga sozlab qo‘ying.
Shu bilan birga yangiliklarni ko‘rmaslik va ijtimoiy tarmoqni varaqlamaslik yaxshidir. Smartfondan foydalanish keyinga qoldirilishi kerak, chunki ekranning zangori nuri porlashi melatonin gormoni ishlab chiqarishni buzadi va uxlab qolishingizga xalaqit beradi.
- Mashq qilish
Effektni his qilish uchun muntazam ravishda oddiy mashqlarga bir necha daqiqa sarflash kifoya. Jismoniy mashq farovonlikni, kognitiv qobiliyatlarni yaxshilaydi, mushaklarni moslashuvchan, kuchli va sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Qanday qilib odatni rivojlantirish kerak?
Jismoniy mashq unchalik ko‘p vaqt talab qilmaydi. Shu tariqa uni bajarishni boshlang. An’anaviy ertalabki mashqlar uchun erta turishga tayyor bo‘lmasangiz, uni qulay vaqtga o‘tkazing. Mashg‘ulotni vaqtdan unumli foydalangan holda sevimli sitkomning epizodini yoki YouTube blogerining videosini tomosha qilish bilan birga olib borish mumkin.
- Ko‘proq piyoda yuring
Uzoq vaqt davomida 10 ming qadam zarur minimal deb hisoblangan. So‘nggi tadqiqotlar qat’iy qaror emasligini isbotladi. Biroq bir narsa o‘zgarishsiz qolmoqda: piyoda yurish foydali, shuning uchun uni muntazam ravishda bajarish kerak. Yurish stress bilan kurashishga yordam beradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi va umrni uzaytiradi.
Qanday qilib odatni rivojlantirish kerak?
To‘satdan divandan turib, 20 kilometrlik masofani piyoda yurib o‘tish kerak emas. Sizning vazifangiz kechagidan ko‘ra bugun ko‘proq harakat qilishdir. Avtomobilingizni 2 kilometr yo‘l bosib o‘tmoqchimisiz yoki jamoat transportida keyingi mavzega o‘tmoqchimisiz, aynan shu yerda ham piyoda yurish uchun ko‘plab imkoniyatlar yashiringan.
- Muvozanatli ovqatlaning
Organizm oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallarga muhtoj. Bularning barchasiga u muvozanatli turli xil menyu tufayli erishadi. Boshqacha qilib aytganda, qaynatilgan tovuq go‘shtini bodring bilan muntazam tanovul qilsangiz, bu noto‘g‘ri parhez. Shuningdek, bulochka va shokoladlardan tashkil topgan parhez ham zararli.
Stolingizda sabzavotlar, mevalar, donlar, sut mahsulotlari, yog‘lar, go‘sht (vegetarian bo‘lsangiz, boshqa protein manbalari) bo‘lishi kerak. Bu sizga sog‘lom va energiyali bo‘lishingizga yordam beradi.
Qanday qilib odatni rivojlantirish kerak?
Sog‘lom oziq-ovqat ko‘pincha ta’msiz hisoblaniladi, ammo bu to‘g‘ri fikr emas. Chuqurroq o‘ylab qaralsa, deyarli hamma narsani yeyishingiz mumkin. Juda foydali bo‘lmagan shirinliklardan butkul voz kechish ham shart emas, shunchaki ular sizning diyetangizning 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Balansli menyu odatda ovqatlanish va pishirishga vaqt sarflashni istamaslikka qarshi ishlaydi.
Menyungizni rejalashtiring. Taomlar xilma-xil bo‘lishi uchun siz kecha nima iste’mol qilganingizni eslab, ertaga dasturxonda nima bo‘lishini reja qilib olishingiz kerak.
Hammasini sekin-asta boshlang. Agar diyetangizni bir vaqtning o‘zida qayta tashkil etishga qaror qilsangiz, umidsizlikka tushib qolishingiz aniq. Odatlarni muammosiz o‘zgartiring. Har bir taomga bir porsiya sabzavot qo‘shing. Choyga shakar qo‘shishni to‘xtating. Uzoq muddatni hisobga olganda bu salomatlik uchun katta hissadir.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring