date

Baliq (20 fevral – 20 mart)

Baliq (20 fevral – 20 mart)

Ramzlari: turli tomonga suzib ketayotgan ikkita baliq, chig‘anoq, to‘lqin.

Ranglari: qirmizi (arg‘uvon), binafsharang, ko‘k, yashil, kulrang.

Toshlari: marvarid, ametist, zumrad, sapfir, yaltiroq tosh.

Gullari: nargis, boychechak, yasmin, binafsha, bo‘tako‘z.

Omadli raqamlari: 6, 7, 11.

Omadli kunlari: dushanba, payshanba, juma.

Omadsiz kuni: chorshanba.

20-29 fevral oralig‘ida tug‘ilgan baliq burji vakillarini Saturn boshqaradi. Ular hamma narsani oldindan rejalashtiradi. Ammo hayot ko‘pincha belgilangan rejalardan bir oz chekinishga majbur qilib turadi. Musiqani sevadi, ayni paytda, tartib-intizomni yoqtiradi. Ayniqsa, umrining ikkinchi yarmida mashhur bo‘lib, muvaffaqiyatga erishadi. Qariganda rohat-farog‘atda yashaydi. Ma’naviy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydi. Ammo xayolparastlikka berilib, aldanib qolishi ham mumkin. Ichkilikbozlikka ruju qo‘yish ehtimoli bor. Sevgi bobida idealga intiladi. O‘zaro oddiy, teng munosabatlar zerikarliday tuyuladi.

1-10 mart oralig‘ida tug‘ilgan baliq burji vakillarini Yupiter boshqaradi. Ular doimo asabiylashib yuradi. Hatto mayda-chuyda mammolar tufayli ham kayfiyati buziladi. Tug‘ilganidan sog‘lig‘i uncha yaxshi emas. Bag‘rikeng, g‘amxo‘r. Homiylari ko‘p. Keksayganida unga boy meros qoladi. Odamlarga bilvosita ta’sir o‘tkaza oladi. Oddiy hayotda ham mukammal uyg‘unlik bo‘lishini xohlaydi. Ilhom bilan ijod qiladi. Ishonuvchan, ichkilikdan orom olishga harakat qiladi. San’atda muvaffaqiyatga erishadi. Shoirlik iste’dodiga ega. O‘zini o‘zi dori-darmonlar, dorivor o‘tlar bilan davolay oladi.

11-20 mart oralig‘ida tug‘ilgan baliq burji vakillarini Mars boshqaradi. Ular qiziqqon, ko‘ngliga kelganini qiladi. O‘ta xayolparastligi uchun hayotga moslashishi qiyin. Ko‘pincha ushalmas orzular ortidan quvadi. Doimo turli jarohatlar olishdan ehtiyot bo‘lib yurishi kerak. Odamlar ko‘zidan panada o‘zini to‘laroq namoyon eta oladi. Aldanib qolishga, xayolparastlikka moyil. Yuksak ma’naviyat sari intiladi. Din yo‘lida xizmat qilishga tayyor. Turli dori-darmonlardan, kimyoviy moddalardan zaharlanib qolish xavfi bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Baliq (20 fevral – 20 mart)

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari