
SAVOL:
Qurbonlikka qo‘y olgan edim. Hech narsa yemay qo‘ydi. Olgan paytim yaxshi edi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra u bo‘kib qolibdi, lekin ahvoli yaxshi. O‘zi bemalol harakatlanib yuribdi. Uni qurbonlikka so‘ysam bo‘ladimi?
JAVOB:
Agar o‘zi bemalol harakatlanib yurgan bo‘lsa, uni qurbonlik qilish joiz.
Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: Qurbonlikda to‘rt xili joiz emas: 1. Yaqqol g‘ilay ko‘zli, 2. Yaqqol oqsoq – cho‘loq, 3. Kasalligi yaqqol ma’lum, 4. Iligi yo‘q-o‘ta oriq jonivorlar.
Fuqaholarimiz hadisda zikr qilingan mazkur ayblar hayvonni sotib olish vaqtiga tegishli ekanini ta’kidlaganlar. Agar hayvonni qurbonlik uchun sog‘lom holda sotib olingan bo‘lsa-yu, keyinchalik u kasal bo‘lib qolsa uning tafsiloti quyidagicha bayon qilingan:
"Agar hayvonlar sog‘lom holatida sotib olgan bo‘lib, keyinchalik qurbonlik qilishga mone’ bo‘ladigan biror ayb yetsa, boy kishilar almashtiradilar. Agar faqir bo‘lsalar, o‘sha kifoya qilaveradi" (Al-Inoya sharhul Hidoya). Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar