19:38 / 03.07.2023
195

Shaftoli va nektarin iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Foto: Wday

Momiq, yumshoq va shirin shaftoli, yorqin mazali nektarinlar yozning asosiy belgilaridan biridir. Keling, ularning organizm uchun qanchalik foydali ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Nektarinning kaloriya tarkibi 100 gramm mahsulot uchun 48 kkal, shaftoliniki esa 39 kkal. Mevalarda beta-karotin, B, A, C, H va PP vitaminlari, shuningdek, zarur minerallar: kaliy, kalsiy, magniy, temir, oltingugurt, fosfor va natriy, pektin, tabiiy shakar, kletchatka mavjud bo‘lib, ular organizmni yumshoqlik bilan tozalaydi.

Foydalari:

  • Tish emalini mustahkamlaydi.
  • Teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilaydi.
  • Yurak mushaklarini kuchaytiradi.
  • Meva ovqat hazm qilish jarayoniga foydali ta’sir ko'rsatadi.
  • Anemiyada iste’mol qilish buyuriladi, chunki u qondagi gemoglobin darajasini oshirishga yordam beradi.
  • Qon aylanishida ishtirok etadi.
  • Teri hujayralarida namlikni saqlaydi.
  • Tanadagi metabolik jarayonlarni tezlashtiradi.
  • Asab tizimini barqarorlashtiradi.
  • Immunitetni mustahkamlaydi.
  • Energiya beradi.
  • Vazn yo‘qotishga hissa qo‘shadi.
  • Buyrak toshlarining paydo bo‘lishiga qarshi profilaktika chorasi hisoblanadi.
    Foto: Wday

Zarari:

  • Tabiiy shakarning yuqori miqdori tufayli nektarinlar diabetga chalinganlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilinishi kerak va ba’zida mahsulotga individual intolerans paydo bo‘ladi.

Vazn yo‘qotishda:

  • Tarkibi past kaloriyali hisoblanadi;
  • Ajoyib ta’mga ega.
  • Uzoq vaqt davomida to‘yinganlik tuyg‘usini saqlab turadi.

Shu bois shaftoli parhezga rioya qiladigan yoki vaznini kuzatadiganlar uchun ideal mavsumiy mevadir. Bundan tashqari, agar siz bir hafta ichida kuniga birdan uchtagacha meva iste’mol qilsangiz, nafaqat vazn yo‘qotishingiz, balki kimyoviy preparatlarga murojaat qilmasdan organizmni samarali tozalashingiz mumkin.

Foto: Wday

Shaftoli sotib olayotganda nimalarni bilish kerak?

  1. Tashqi ko‘rinishi

Nektarinlar nihoyatda yaraqlab turmasligi kerak — bu ularning parafin bilan artilganligining belgisi bo‘lishi mumkin. Tomonlari qizil, yorqin sariq mevalarni sotib olgan ma’qul, lekin ular pushti rangda bo‘lsa, bu meva hali pishmaganligining ko‘rsatkichidir.

Shaftoli tabiiy sariq-qizil rangda, terisi tekis, dog‘lar, chiziq va burmalarsiz bo‘lsin. Agar meva ustida to‘q rangli hosilalar paydo bo‘lsa, demak, unda chirish jarayoni allaqachon boshlangan.

  1. Qattiqligi

Nektarin juda yumshoq bo‘lmasin, lekin qattiq mevalarni ham sotib olish tavsiya etilmaydi — bosilganda barmoq bir oz botadigan, mag‘zi siqib chiqmaydigan mevalarni tanlagan yaxshi.

Xuddi shu narsa shaftoli uchun ham amal qiladi. Haddan tashqari yumshoqlik mevalarning haddan tashqari pishganligini ko‘rsatadi va mevalar qattiq bo‘lsa, aksincha, ular hali xom ekani belgisidir.

  1. Hidi
    Foto: Wday

Yuqori sifatli nektarin va shaftoli aniq shirin hidli bo‘ladi. Bunday hidning yo‘qligi mevalarning pishmaganligini yoki ko‘p miqdorda pestitsidlar mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.

  1. Mag‘zi

Yetilib pishgan nektarinlarda uning turiga qarab mag‘zida sariq yoki qizil chiziqlar bo‘lishi kerak va agar ular bo‘lmasa, bu ko‘pincha meva tarkibidagi nitratlar borligidan dalolat beradi.

Shaftoli mag‘zi sariq, chiziqlari sarg‘ish, pushtirang bo‘lishi kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shaftoli va nektarin iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?