14:30 / 04.07.2023
125

Unli mahsulotlarga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish uchun ishtahani qanday jilovlash mumkin?

Foto: The Voice Mag

Shakardan voz kechish — eng og‘riqli chora emas. Ko‘pchilik uchun pishiriqlarni ham rad etish qiyin. Ammo biz undan tayyorlanadigan yeguliklar haqidagi obsessiv fikrlardan qanday xalos bo‘lishni va shu bilan birga organizmni foydali oziq moddalar bilan ta’minlash yo‘llarini bilamiz, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Hozirgina pechdan chiqqan, xushbo‘y pishiriqlar shokolad, chips va boshqa yuqori kaloriyali ovqatlardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari, un mahsulotlari xilma-xil: bugun siz o‘zingizni mevali murabbo qo‘shilgan qarsildoq kruassan bilan siylaysiz ertaga esa yana boshqa pishiriqdan yegingiz keladi.

Afsuski, pishiriqlar odamga faqat uni tanovul qilish vaqtidagi yoqimli hisdan bo‘lak hech qanday foyda bermaydi.

Ideal holda unli mahsulotlarni oyiga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan, cheklangan miqdorda iste’mol qilish kerak. Bordi-yu, siz pishiriqlar haqida fikringizni o‘zgartirmasangiz va ularni doim yegingiz kelaversa, diyetologlar ozgina pishloq iste’mol qilishni maslahat berishadi. Har qanday tekstura va turdagi pishloqni tanovul qilish kerak.

Foto: Google Image

Pishloq ikki sababga ko‘ra unli mahsulotlar haqidagi fikrlarni bostirishga yordam beradi:

  • Uning tarkibida juda ko‘p miqdorda yog‘ bor. Odatda, diyetada sog‘lom yog‘lar yetishmasligi bilan siz uglevodlarga jalb qilinasiz.
  • Pishloqda triptofan moddasi mavjud. Triptofan asab tizimi salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatadigan aminokislotadir. Triptofan yetishmasligi bilan samaradorligimizni yo‘qotamiz, doimo charchoq va stressni his qilamiz. Natijada shirin va kraxmalli ovqatlar “qarmog‘i”ga tushib qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Unli mahsulotlarga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish uchun ishtahani qanday jilovlash mumkin?