Mevalar har doim parhez bilan uyg‘unlashtiriladi. Hammaga ularning kaloriyasi kamdek tuyuladi va vazn yo‘qotayotganda, ularni shirinliklar bilan almashtirib, xohlagancha yeyishingiz mumkin. Yo‘q, bunday emas. Ba’zi mevalar juda yuqori kaloriyali bo‘lib, ular ozishga yordam bermaydi.
Semirishni istasangiz, bu mevalar xavfsizdir. Ammo diyeta vaqtida ularga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Garchi ular nihoyatda foydali bo‘lsa-da, bordi-yu, ozayotgan bo‘lsangiz, bu mevalarning sonini cheklang, deb yozadi Lisa nashri.
Xurmo
Xurmo misning ajoyib manbasi va kaliy, magniy, marganets va B6 vitaminiga boy.
To‘rt dona xurmo yoki taxminan 100 grammlik porsiya organizmni quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Kaloriya: 266
- Yog‘: 0 gramm
- Uglevodlar: 72 gramm
- Klechatka: 6 gramm
- Protein: 2 gramm
Kokos
Bu yong‘oq marganets, mis va boshqa vitamin va minerallarning ajoyib manbaidir.
Ushbu ro‘yxatdagi boshqa mevalardan farqli o‘laroq, kokos tarkibidagi kaloriyalarning aksariyatini yog‘ ta’minlaydi.
Taxminan yarim stakan kokos parchalari (45 grammlik porsiya)da quyidagilar mavjud:
- Kaloriya: 159
- Yog‘: 15 gramm
- Uglevodlar: 7 gramm
- Klechatka: 4 gramm
- Protein: 2 gramm
Qizil olma
O‘rtacha kattalikdagi olma taxminan 80 kaloriyani o‘z ichiga oladi. Biroq eng yuqori kaloriyali olmalar ham bor. Masalan, 100 dan ortiq olma navlari orasida Red Delicious olma navida uglevod miqdori yuqori bo‘lganligi sababli yuqori kaloriyali meva hisoblanadi. U o‘zining yorqin qizil rangi bilan mashhur. Olmaning boshqa yuqori kaloriyali navlariga Gala, Granny Smit, Fuji’lar kiradi.
Bir dona o‘rta kattalikdagi qizil olma (212 gramm) quyidagilarni ta’minlaydi:
- Kaloriya: 125
- Yog‘: 0 gramm
- Uglevodlar: 30 gramm
- Klechatka: 5 gramm
- Protein: 1 gramm
Quritilgan mevalar
Quritilgan mevalar quritish usullari bilan suv tarkibining ko‘p qismi olib tashlanadi. Bu vazn yo‘qotishga yordam bermaydigan yuqori kaloriya tarkibiga ega bo‘lgan mevani qoldirib, meva hajmining kamayishiga olib keladi.
Quritilgan mevalarda yangi mevalarga qaraganda ko‘proq ozuqaviy moddalar mavjud.
Chorak stakan (40 gramm) quritilgan meva aralashmasi quyidagilarni ta’minlaydi:
- Kaloriya: 119
- Yog‘: 0 gramm
- Uglevodlar: 31 gramm
- Klechatka: 2 gramm
- Protein: 1 gramm
Kivi
Kivida ko‘p miqdorda mis va C va K vitaminlari mavjud, shuningdek, E vitamini va foliy kislotasi manbai hamdir.
Bir porsiya (180 gramm) kivi tarkibida:
- Kaloriya: 115
- Yog‘: 1 gramm
- Uglevodlar: 25
- Klechatka: 5 gramm
- Protein: 2 gramm
Anjir
Anjirning ichida teskari gul va urug‘lardan iborat labirint bor. Bu shuni anglatadiki, u texnik jihatdan meva emas, lekin odamlar uni iste’mol qilib mazasidan rohatlanadi.
Anjirda mis, magniy, kaliy, K vitamini va turli xil B vitaminlari kabi bir qancha vitamin va minerallar mavjud.
Uch dona anjir quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Kaloriya: 111
- Yog‘: 0 gramm
- Uglevodlar: 29 gramm
- Klechatka: 4 gramm
- Protein: 1 gramm
Banan
Yetilib pishgan sap-sariq bananda ko‘p shakar bor, yashilrog‘ida esa ko‘proq klechatka. Buning sababi shundaki, yashil banandagi klechatkalar pishganida shakarga aylanadi. Biroq bu kaloriya tarkibiga ta’sir qilmaydi, shuning uchun o‘zingizning ehtiyojingizdan kelib chiqqan holda pishganlik darajasini tanlang.
Bir dona banan (118 gramm) quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Kaloriya: 105
- Yog‘: 0 gramm
- Uglevodlar: 27 gramm
- Klechatka: 3 gramm
- Protein: 1 gramm
Uzum
Turli xil navlarning kaloriya tarkibi taxminan bir xil, ammo ular antioksidant tarkibida bir oz farq qiladi: to‘q qizil va binafsha rang uzumda yashil yoki ochroq rangli uzumlarga qaraganda ko‘proq antioksidantlar mavjud.
150 gramm uzum quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Kaloriya: 104
- Yog‘: 0 gramm
- Uglevodlar: 27 gramm
- Klechatka: 1 gramm
- Protein: 1 gramm
Mango
Mango shirin ta’mga va kremli tuzilishga ega tropik mevadir. Bu meva C vitamini va misning ajoyib manbai, shuningdek, foliy kislotasi va B6, A va E vitaminlariga ham boy hisoblanadi.
165 gramm mango tarkibida:
- Kaloriya: 99
- Yog‘: 1 gramm
- Uglevodlar: 25 gramm
- Klechatka: 3 gramm
- Protein: 1 gramm
Ananas
Ananasda vitamin C, marganets va misdan tashqari oqsillarni parchalaydigan bromelin deb ataladigan ovqat hazm qilish fermentlari guruhi mavjud. Darvoqe, shuning uchun bromelin go‘shtini yumshatuvchi sifatida keng qo‘llaniladi.
165 gramm ananas tarkibi:
- Kaloriya: 83
- Yog‘: 0 gramm
- Uglevodlar: 22 gramm
- Klechatka: 2 gramm
- Protein: 1 gramm
O‘rik
O‘rikda kaliy va A, C va E vitaminlarining ko‘p miqdori uchraydi.
165 gramm o‘rik quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Kaloriya: 79
- Yog‘: 1 gramm
- Uglevodlar: 18 gramm
- Klechatka: 3 gramm
- Protein: 2 gramm