Diyeta deyarli har doim ma’lum darajada ochlik va sabr-toqat bilan bog‘liq. Ammo vazn yo‘qotish bilan birga doim to‘q bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun 4 bosqichli siklni bajarishingiz kerak.
Foto: Lisa
Diyeta tutishni boshlaysiz va kun keladiki, onangiz mehmonga chaqirib qoladi yoki do‘stingizning tug‘ilgan kuni va boshqa bir vasvasa boshlanadi — qanday qilib bo‘shashmaslik kerak? Turli xil mazali taomlarga duch kelish, kaloriya iste’molini nazorat qilishga urinayotgan har bir kishi bu muammoga duch kelishi tabiiy.
Ammo atigi 4 bosqichdan iborat ajoyib ko‘rsatma mavjud bo‘lib, u ishtahani nazorat qilishda qiynalayotganlar uchun juda mos keladi va vazn yo‘qotishga yordam beradi.
Dastlab suv iching
Har doim suv bilan boshlang. Bu vazn yo‘qotish uchun kerak. Ovqatlanishdan oldin bir stakan suv ichsangiz, oshqozoningizni to‘ldiradi, shuning uchun ovqatlanish haqidagi vasvasalar sizni fikringizdan chalg‘ita olmaydi.
Qo‘lingizga bir shisha suv oling. Uning vaznini his qilyapsizmi? Bu amalda suvning oshqozonga yoqimli og‘irlik beradi, bu sizga ovqatdan oldin xotirjamlik hissini ulashadi va oziq-ovqat bilan sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi. Siz shunchaki ko‘p ovqat iste’mol qilmaysiz.
Sabzavot iste’mol qiling
Sabzavotlar siz iste’mol qiladigan birinchi taom bo‘lsin. Ayniqsa, noz-ne’matlarga to‘la bayramona kechki ovqat kutayotgan bo‘lsa. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sabzavot va sho‘rvalar kabi ko‘p miqdorda past kaloriyali ovqatlar shunchaki porsiya hajmini kamaytirish va kamroq ovqat iste’mol qilishdan ko‘ra, vazn yo‘qotishning muvaffaqiyatli strategiyasidir.
Ratsioningiz ko‘proq proteindan iborat bo‘lsin
Sabzavotlardan keyin proteinga o‘ting. Bu to‘yinganlik hissini kuchaytiradi, keraksiz ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi va umumiy nazoratni oshiradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, oqsillarni ko‘proq iste’mol qilish termogenezni (organizmning issiqlik ishlab chiqarish jarayoni), to‘yishni va yog‘larni yo‘qotishni oshiradi.
Uglevodlarni to‘g‘ri tanlab iste’mol qiling
Diyetada uglevodlarni iste’mol qilishingiz mumkin. Rad qilishingiz shart emas. Hatto, shirinliklarni ham.
Shu yo‘l bilan oziq-ovqat masalasida tanlovingiz oshadi va o‘zingizni nazorat qilasiz, chunki oshqozoningiz (va miyangiz ham) qoniqish hissini tuyadi.
Ammo, masalan, ikkinchi tort bo‘lagini xohlasangiz nima bo'ladi? Bu mumkin. Lekin…
Avval siz uglevodlar ro‘yxatidagi boshqa narsalarni yeyishdan oldin suv / sabzavotlar / oqsillarni yana bir marta aylanib chiqishingiz kerak. Ehtimol, yana aylana bo‘ylab yurganingizda, shunchalik to‘q bo‘lasizki, hatto, qo‘shimcha taomga muhtoj bo‘lmaysiz.
Vaqt va amaliyot o‘tishi bilan ushbu odatlar ongingizga singib ketadi va har qanday parhezga rioya qilishni osonlashtiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring