Diyetolog sariyog‘ning kutilmagan foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berdi, deb yozmoqda Kubnews.
Ko‘pchilik uchun sariyog‘ bolaligidan eng sevimli mahsulotdir. U bo‘tqa va makaronga qo‘shiladi, shuningdek, nonga surtiladi.
Biroq so‘nggi yillarda sariyog‘dagi yuqori darajadagi xolesterin tufayli ushbu mahsulot iste’molini cheklash uchun chaqiriqlar tobora ko‘payib bormoqda. Xo‘sh, chindan ham shundaymi? Bu savolga nutritsiolog Olga Kashcheyeva batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Olimlar sariyog‘ tarkibida temir, natriy, fosfor, kalsiy mikroelementlari hamda A, C, D, E, K va B guruhi vitaminlari mavjudligini aniqladi. Bundan tashqari sariyog‘ sutdan olinadigan foydali yog‘ning manbai hamdir.
Sariyog‘ inson organizmiga qanday ta’sir qiladi?
Me’yor bilan iste’mol qilinganda sariyog‘ning ijobiy ta’sirlari bir qancha. Jumladan:
- asab va yurak-qon tomir tizimlarini mustahkamlaydi;
- jigar va o‘t pufagi ishini yaxshilaydi;
- ko‘rish qobiliyatini oshiradi;
- soch tolalarini qalinlashtiradi;
- terini namlantiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, moyni tashkil etadigan yog‘li kislotalar (kamida 72 foiz) bolalarning to‘g‘ri rivojlanishi uchun, ayniqsa, muhimdir. Ushbu mahsulot miyani faollashtiradi va semirishning oldini oladi.
Mutaxassisga ko‘ra, sariyog‘ iste’moli kuniga 15-25 grammdan oshmasligi kerak.
Sariyog‘ iste’mol qilishning eng yaxshi usuli qaysi?
Sariyog‘ organizmga faqat foyda keltirishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
- Tavsiya etilgan miqdordan ko‘p yog‘ iste’mol qilmang. Ortiqchasi, albatta, yurak va ovqat hazm qilish ishiga ta’sir qiladi, shuningdek, vaznga ham;
- Ertalab nonushtada sariyog‘ yeyishga harakat qiling. Shu tariqa organizmni sog‘lom yog‘ kislotalari bilan to‘yintirasiz.